Nukusda “Yosh mulkdor – yurt tayanchi” hamda “Diplom bilan biznesga” loyihalari doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, soliq, bank-moliya idoralari, Fermerlar kengashi vakillari, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, kollej bitiruvchilari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilish va yanada qulay biznes muhiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Yoshlarning ijtimoiy faolligini, kichik biznes va fermerlik harakatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yosh tadbirkor va fermerlarning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy bilimini mustahkamlash, innovatsion loyihalarni xususiy sektorga keng joriy qilish, kollej bitiruvchilari uchun biznes o‘quvlari tashkil etish, faol yigit-qizlarni partiya “Yoshlar qanoti” atrofida birlashtirish masalalari xususida fikr almashildi.

Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashidagi 17 mingdan ziyod a’zoning 9 mingdan ziyodi yoshlardir. Partiya tomonidan ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

– “Diplom bilan biznesga” loyihasida o‘zimning biznes-rejam bilan qatnashdim, – deydi kollej bitiruvchisi Aziza Matqurbonova. – Eskirgan gazeta qog‘ozlaridan turli suvenir buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, tengdoshlarim bandligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqchiman.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini joriy yilda 26 ming 844 o‘quvchi bitiradi. Tadbirda tadbirkorlikka qiziquvchi, tashabbuskor bitiruvchilarga tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish va biznes yuritishda ko‘maklashish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollej bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi