Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida fermerlik harakati qishloqda yetakchi kuchga aylandi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida fermerlik harakati qishloqda yetakchi kuchga aylandi. Bu agrar soha rentabelligining ortishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish, qishloqda sanoatning rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarda yuksak samaralar bermoqda.

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi “Nishon ko‘zgu” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanib, katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan xo‘jaliklardan.

– Suyagim mehnatda qotgan, fermerlik ishiga ham tez moslashdim, – deydi xo‘jalik rahbari Sherzod Uzoqov. – Bunda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar muhim omil bo‘ldi. Dastlabki yiliyoq g‘alla va paxtadan belgilangan shartnoma rejasini ortig‘i bilan uddaladik. Hozirgi kunda tasarrufimizda 67 gektar yer maydoni mavjud. Uning 36 gektarida paxta, 20 gektarida g‘alla parvarishlaymiz. Bu yil 10 gektar maydonda eksportbop qovun yetishtirishni ham mo‘ljallayapmiz. Bir gektarlik intensiv bog‘imizda yarim pakana olma va olxo‘ri ko‘chatlari o‘tqazdik. Bir-ikki yilda hosilga kirib qoladi. Chorvachilik ham xo‘jaligimizning asosiy tarmoqlaridan. Chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida xorijdan zotdor qoramol keltirganmiz. Ayni paytda xo‘jaligimizda 65 bosh naslli qoramol, 100 boshdan ko‘p qo‘y-echki boqilmoqda.

Daromad ko‘paysa, yangi rejalarni hayotga tatbiq etish imkoniyati ham ortadi. Davlatimiz tomonidan bunday ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarlicha imtiyoz va qulayliklar yaratilgan. Ishning ko‘zini biladigan tadbirkor bu imkoniyatlardan samarali foydalanadi. Sherzod Uzoqov ham shunday qildi. Qarshi shahrida avtomatlashtirilgan kushxona, go‘shtni saqlash va qadoqlash kompleksi tashkil etdi. Buning uchun xorijdan zamonaviy uskunalar olib kelindi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev viloyatimizga tashrifi davomida bizning loyiha bilan ham tanishib, ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish borasida qimmatli tavsiyalarini berdi, – deydi fermer. – Aholi farovonligini yanada yuksaltirish, yuqori iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalarni hayotga tatbiq etish, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratishda faol bo‘lish kerak, dedi va biz, qishloq mulkdorlari buni uddalashimizga yuksak ishonch bildirdi. Davlatimiz rahbari bunday kushxonalarni barcha hududda tashkil etish oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Mini-kompleks 1,5 gektarga yaqin hududni egallagan bo‘lib, undan zamonaviy kushxona, go‘sht saqlashga mo‘ljallangan sovutkich, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan mini-sex, 10 sotixli issiqxona, go‘sht va go‘sht mahsulotlari do‘koni o‘rin olgan.

– Barcha yumush avtomatik tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, – deydi ish boshqaruvchi Komil Uzoqov. – Bu yerda kuniga 100 bosh qoramol, 200 bosh qo‘y so‘yish mumkin. Chorva mollarini so‘yishda sanitariya-gigiyena talablariga alohida e’tibor qaratiladi. Ishchilar uchun maxsus kiyimlar, yuvinish xonalari, veterinariya laboratoriyasi va boshqa qulayliklar mavjud. Bino doim toza va ozoda. Kompleksimizda mijozlar uchun ham barcha sharoit muhayyo. Shinamgina dam olish xonasi va oshxona ular ixtiyorida.

Ha, bu yerda ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi istiqbolli loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida xo‘jalikda kasb-hunar kollejini bitirgan 100 ga yaqin yosh mutaxassis ish bilan ta’minlandi.

– O‘simliklar parvarishiga juda qiziqaman, – deydi issiqxona ishchisi Elyor Ne’matov. – Issiqxonamizda 50 tup limon, shuningdek, pomidor va bodring ko‘chatlarini parvarishlayapmiz. Tomchilatib sug‘oramiz. Har bir tup pomidor-bodringdan 10 kilogrammgacha hosil olishni mo‘ljallayapmiz.

Fermerlik harakati rivojlanib, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari safining kengayishi nafaqat aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, balki viloyat iqtisodiyotining yuksalishi, xalqimiz farovonligining oshishiga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p tarmoqlilik ko‘p daromad demakdir