Farg‘ona shahridagi Kashtanzor ko‘chasini tunda ham kunduzdek yoritib turuvchi ikki mingdan ziyod chiroqlar muqobil energiya orqali yoritila boshlandi.

Ushbu ko‘cha joylashgan “Yoshlik” mahallasida Farg‘ona politexnika instituti olimlari “Farg‘onaazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari bilan hamkorlikda suv yordamida elektr manbaasi ishlab chiqaruvchi mikroGESni ishga tushirdi. Viloyat markazidan oqib o‘tuvchi Marg‘ilonsoy suv o‘zaniga o‘rnatilgan inshoot tejamkorligi, qulay va arzonligi bilan muqobillaridan farq qiladi. Ayni paytda Marg‘ilonsoy suv o‘zani bo‘ylab 3 ta ana shunday qurilma ishlab turibdi.

-“Farg‘onaazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati ko‘magida yaratilgan suv generatorini yanada takomillashtirish orqali viloyatning boshqa suv havzalarida ham shunday loyihalarni amalga oshirish mumkin, - deydi Farg‘ona politexnika instituti professori, texnika fanlari doktori Sirojiddin Ergashev. – Charxpalak qurilma soatiga 50 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu nafaqat aholi, balki kelgusida sanoat tarmoqlarini ham arzon va ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniniberadi. Qurilma uchun zarur jihozlarning barchasi mahalliy xomashyolardan tayyorlangani yanada e’tiborlidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chalar tunda ham yorug‘