O‘zA O`zbek

25.09.2018 Chop etish versiyasi

Klaster – qishloq xoʻjaligida tadbirkorlik

Klaster – qishloq xoʻjaligida tadbirkorlik Joriy yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼatumanida ham paxtani klaster usulida yetishtirishyoʻlga qoʻyildi.

Buning uchun tumanda “Boston Klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Loyihaga koʻra, 11 ming 40 gektar maydonga chigit ekildi. Har gektardan oʻrtacha 22 sentnerdan, jami 24 ming 264 tonna hosil olish rejalashtirilmoqda.

Klaster loyihasi boʻyicha paxta tolasini qayta ishlash quvvati yiliga 10 ming tonna boʻlib, xom ashyodan kalava ip, jinsi matosi, yumshoq choyshab kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Buning natijasida “Boston Klaster” MCHJda 600 yangi ish oʻrni yaratildi.

6.jpg

7.jpg

– Bugungi kunda “Boston Klaster” MCHJ bilan paxtachilikka ixtisoslashtirilgan 381 fermer xoʻjaligi oʻrtasida shartnomalartuzildi, – deydi Ellikqalʼa tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Ismoilov. – Yurtimizda birinchilardan boʻlib joriy etilayotgan bu usul fermerlarimizda alohida qiziqish uygʻotmoqda.

“Boston Klaster” MCHJ fermer xoʻjaliklariga yer, suv va boshqa resurslardan samarali va oqilona foydalanishga, hosildorlikni oshirishga, yetishtirilgan paxtani oʻz vaqtida yigʻib olishga yordamlashmoqda.

– Yangi usulning joriy etilishi fermer xoʻjaliklarida paxta hosildorligi ortishi bilan birga, ularning oʻz mehnati samarasiga qiziqishini ham oshirishga xizmat qiladi, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisiOʻ.Qalxonov. – Fermer xoʻjaliklari endi avvalgidek faqat yetishtirgan paxta xom ashyosidan emas, balki tayyor mahsulotdan keladigan daromaddan ham tegishli ulush oladi. Bu ularning iqtisodiy ahvoli yaxshilanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Taʼkidlanganidek, “Boston Klaster” MCHJ paxtani qayta ishlab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqaradi. Jamiyatning mavsumda fermer xoʻjaliklariga lizing asosida texnika olishga koʻmaklashgani, mineral oʻgʻitlar, urugʻ-chigit materiallari, paxtani kimyoviy va biologik usullarda himoya qilish va boshqa resurslarni yetkazib bergani hosildorlik yuqori boʻlishini taʼminlashdamuhim ahamiyat kasb etdi.

11.JPG

paxta.jpg

12.JPG


4 196
Yesimxon Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA