Buxoroda “Bizning o‘z kasbimiz va hunarimiz bor. Kasb-korimiz bilan yurt taraqqiyotiga xizmat qilamiz!” shiori ostida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyati hokimligi, prokuratura va viloyat mehnat bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada 360 korxona, tashkilot va muassasa 3 ming 349 bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Yarmarkada taklif etilgan ish o‘rinlarining 75 foizidan ziyodi xususiy sektor, ya’ni tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu viloyatda bandlik masalasini hal etishda kichik biznes ulushi ortib borayotganidan dalolat.

Ishtirokchilar korxona hamda tashkilotlar tomonidan ish o‘rinlari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar haqidagi keng ma’lumotlar bilan tanishdi. Bu fuqarolarga o‘z qobiliyati va mutaxassisligi bo‘yicha maqbul ish topishda qo‘l keldi.

Bir guruh yoshlarga Buxoro shahridagi “Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasi taklifi ma’qul tushdi.

– O‘tgan yili kasb-hunar kollejini tugatib, ish faoliyatimni boshlagan edim, – deydi G.Karimova. – Yarmarkaga mutaxassisligim bo‘yicha maqbulroq ish topish maqsadida kelib, adashmagan ekanman. “Buxoro brilliant silk” vakillari taklifidan xursand bo‘ldim. Bu korxonada men ishlab chiqarish amaliyotini o‘taganman. To‘quvchilik borasidagi malakam jamoadan o‘z o‘rnimni topishda yordam berishiga ishonaman.

Yarmarkada 318 ishtirokchiga ishga yo‘llanma berildi. 501 fuqaro mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahat oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 318 kishi ish bilan ta’minlandi