O‘zA O`zbek

14.05.2020 Chop etish versiyasi

Kechiktirilgan soliqlar 82,4 milliard soʻmga yetdi

Kechiktirilgan soliqlar 82,4 milliard soʻmga yetdi

Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida soliqlarni toʻlash muddatini oʻzgartirish Prezidentimizning joriy yil mart va aprel oylarida imzolagan farmonlari asosida amalga oshiriladi.

Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, joriy yil 10-may holatiga koʻra, 3768 soliq toʻlovchi soliq majburiyatlarini bajarish muddatlarini kechiktirishni soʻrab murojaat qilgan. Murojaatlarning 1351 tasi Toshkent shahridan, 653 tasi Toshkent viloyati, 390 tasi Buxoro viloyati, 289 tasi Fargʻona viloyati va 247 tasi Samarqand viloyatidan kelib tushgan.

Asosan ishlab chiqaruvchilar, xizmat koʻrsatish, savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va transport yoʻnalishida tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soliq majburiyatlarini bajarish muddatini kechiktirishni soʻragan.

Murojaatlar asosida soliq toʻlash muddatlarini kechiktirish huquqi 1668 tadbirkorlik subyektiga taqdim etildi. Kechiktirilgan soliqlarning umumiy summasi 82,4 milliard soʻmga yetdi.

Shu kunlarda yana 92,4 milliard soʻmlik 1360 murojaat mahalliy hokimiyat organlari tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Davlat soliq qoʻmitasida esa 740 murojaat oʻrganilyapti.

9 475
OʻzA