Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida aniqlangan tabiiy gaz zaxiralari 187 trillion metr kubni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida aniqlangan tabiiy gaz zaxiralari 187 trillion metr kubni tashkil etadi. Mamlakatimizda bu ko‘rsatkich 2 trillion metr kub bo‘lib, tabiiy gazning 1,5-2 foizi kimyoviy qayta ishlanmoqda. Dunyo bo‘yicha etilenga yillik ehtiyoj 180 million tonnani, propilenga 150 million, vinilxloridga 42 million, vinilatsetatga 5,8 million tonnani, stirolga 19,2 million tonnani tashkil etadi.

Bugungi kunda dunyo bo‘yicha yiliga 15 milliard tonna karbonat angidrid atmosferaga chiqarilmoqda. Atmosferada karbonat angidrid miqdorining bunday keskin ortib borishi oqibatida yaqin 15-20 yil ichida yer yuzida harorat 0,35 darajaga, 100-120 yildan so‘ng 1,5-2 darajaga ko‘tarilishi bashorat qilinmoqda. Bu esa global ekologik va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu ekologik muammoni hal qilishning eng istiqbolli usuli karbonat angidridni metan bilan konversiyalab, sintez-gaz va metanol ishlab chiqarishdir.

Samarqand davlat universitetida tashkil etilishi taklif qilinayotgan “Katalizator” ilmiy-tadqiqot markazi shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, keyingi paytda yurtimizda zamonaviy innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining akademik olimlar, ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvlarida bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni yangi bosqichda davom ettirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Ushbu yo‘nalishda Samarqand davlat universitetining fizikaviy kimyo, noorganik va organik kimyo, analitik kimyo kafedralari tomonidan ham keyingi yillarda bir qator innovatsion ishlanmalar tayyorlanib, ishlab chiqarishda foydalanilmoqda.

Universitetda yangi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi esa bu boradigi ishlarni keng ko‘lamda davom ettirish imkoniyatini berib, tabiiy gaz va neft yo‘ldosh gazlaridan YeVRO-5, YeVRO-6 standartlariga mos suyuq yoqilg‘i va aromatik uglevodorodlar (toluol, etilbenzol, stirol, ksilol va boshqalar) olish uchun mahalliy xomashyo va tabiiy resurslar asosida katalizatorlar yaratish, energiya va resurstejamkor, kam chiqindili texnologiyalar ishlab chiqish hamda valyutani tejashga xizmat qiladi.

Shuningdek, sanoat chiqindilaridan vinilxlorid, vinilatsetat, etilenglikol, tereftal kislotasi, lavsan tolasi, kompleks mineral o‘g‘itlar, plastmassa va boshqa import o‘rnini bosuvchi moddalar ishlab chiqarish va raqobatbardosh texnologiyalar yaratib, yurtimizning eksport salohiyatini yuksaltirishga yordam beradi.

Hozirgi kunda mavjud texnologiyalar asosida 100 litr tabiiy gazdan 3-4 litr etilen olish imkoniyati bo‘lsa, biz taklif etayotgan yangi texnologiya asosida 100 litr tabiiy gazdan 25-30 litr etilen olish mumkin. Eng asosiysi, global ekologik muammo hisoblangan “parnik effekti”ni keltirib chiqaruvchi metan va karbonat angidrid gazlaridan 100 dan ortiq organik modda ishlab chiqarishda muhim xomashyo bo‘lgan sintez gaz va metanol olish hamda yuqorida qayd etilgan jarayonlarda ZSM tipidagi yuqori kremniyli seolitlarni katalizator sifatida amalda qo‘llash imkoniyati yaratiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, “O‘zkimyosanoatloyiha” loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti bilan birga Samarqand davlat universitetida ham xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan, zamonaviy va yangi asbob-uskunalar bilan jihozlangan “Katalizator” ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Normurod Fayzullayev,
Samarqand davlat universiteti
fizikaviy kimyo kafedrasi dotsenti, 
texnika fanlari doktori.   

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katalizator” ilmiy-tadqiqot markazi nimaga xizmat qiladi?