O‘zA O`zbek

26.08.2020 Chop etish versiyasi

“Kartadan” yashirin ravishda pullarni yechib olgan shaxs qoʻlga olindi.

“Kartadan” yashirin ravishda pullarni yechib olgan shaxs qoʻlga olindi.

2020-yil 16-avgust kuni Oqdaryo tumanida yashovchi, X. Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 6-sonli IIBga shikoyat bilan murojaat qildi.

Arizaga koʻra, 2020-yil 15-aprel kuni X. Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” banki filiallaridan biriga kelib, plastik kartochkasini telefon apparatiga ulamoqchi boʻlib turgan vaqtida, uning oldiga fuqaro Z. kelib, plastik kartochkasini telefon apparatiga ulab, pullarni boshqa plastik kartochkasiga oʻtkazib berishda yordam berishini aytadi.

Amaliy yordam vaqtida Z. plastik kartochkadagi kodlarni eslab qolib, X. ga pullarini oʻtkazib boʻlmaganligini aytib, plastik kartasini qaytarib beradi. X. bankdan ketganidan soʻng, “uddaburon” Z. plastik kartochka kodlarini oʻzining telefon apparatiga ulab, undan 2.790.000 soʻm pullarni oʻzlashtirib oladi.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahri Motrid qoʻrgʻonida yashovchi, 1985-y.t. M.Z. sodir qilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan plastik kartalarini, shuningdek, shaxsiy maʼlumotlari aks etgan hujjatlarini begona shaxslarga bermasliklari boʻyicha yana bir bor ogohlikka chaqiradi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

17 528
O'zA