Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Dovud Karmana” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan sovutkichli vitrinalar, uskuna va jihozlar qulayligi, bejirimligi va yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

– Korxonamiz faoliyatini 2009-yilda 5 nafar ishchi bilan boshlagan, – deydi korxona rahbari A.Qosimov. – “Mikrokreditbank”ning Karmana filialidan olingan 25 million so‘m kredit mablag‘i faoliyatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni paytda bu yerda 20 ga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Mahsulot sifati va dizayniga alohida e’tibor qaratamiz. Xaridorlar talabidan kelib chiqib, nisbatan arzon narxlarda ishlab chiqarilayotgan sovutkichli vitrinalar do‘kon va rastalarda iste’mol mollarini sifatli saqlash imkonini beradi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyati samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

“Dovud Karmana” xususiy korxonasida ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, parrandachilik sanoatida qo‘llaniladigan kameralar, avtomatlashtirilgan boshqaruv dastgohlari, tuxum va parhezbop go‘sht mahsulotlari saqlanadigan sovutkichlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Ishchilarning aksariyati kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.

– Bolaligimdan temir-tersakka qiziqardim, – deydi payvandlovchi F.Karimov. – Karmana sanoat kasb-hunar kollejini bitirib, mutaxassisligim bo‘yicha ishlayotganimdan xursandman. Korxonamizda “ustoz-shogird” an’anasi asosida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularga hunar o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bozorda xaridorgir bo‘lgan zamonaviy mahsulotlar tayyorlashda mening ham hissam borligidan faxrlanaman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karmana tumanida sovutkichli vitrinalar ishlab chiqarilmoqda