O‘zA O`zbek

03.07.2020 Chop etish versiyasi

Kanada zarbxonasi pandemiyaga qarshi kurash olib borayotgan shifokorlar sharafiga maxsus tanga chiqardi

Kanada zarbxonasi pandemiyaga qarshi kurash olib borayotgan shifokorlar sharafiga maxsus tanga chiqardi

Kanadada koronavirus pandemiyasiga qarshi oʻz jonini xatarga qoʻyib kurash olib borayotgan va shunday ogʻir vaqtda ham Kanada aholisini eng zarur mahsulotlar bilan taʼminlayotgan shifokorlar, koʻngillilar, oziq-ovqat doʻkonlari xodimlari va boshqa ishchilar sharafiga maxsus tanga chiqarildi.

Tanganing bir tomonida Kanada ramzi hisoblangan zarang daraxti bargi bilan kesishgan yurak tasviri tushirilgan. Ikkinchi tomonida esa katta yurak oʻrtasida quchoqlashib turgan odamlar guruhi aks etgan. Tasvirning tagida mamlakatning rasmiy tili hisoblangan ingliz va fransuzchada “Rahmat” soʻzi tushirilgan.

Ushbu tanganing narxi 9 kanada dollari va 95 sent (taxminan 7,5 AQSH dollari). Tangani faqat onlayn tarzda buyurtma berib xarid qilish mumkin. Tangalarni sotishdan tushgan mablagʻ Kanadaning koronavirusga qarshi kurash boʻyicha xayriya fondiga oʻtkaziladi.

Kanadada koronavirusga chalinish holati ilk bor 15-yanvarda aniqlangan edi. Hozirgacha mamlakatda 104 kishi infeksiyaga chalingani aytilmoqda, 8,6 ming bemor qurbon boʻldi.

6 509
OʻzA