Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2017 15:31 Chop etish versiyasi

Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 20 sertifikatlashtirish idorasining akkreditatsiya guvohnomalari bekor qilingan

Milliy matbuot markazida “O‘zstandart” agentligi mamlakatimizda mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan o‘lchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratish va muvofiqligini baholash organlarini akkreditatsiyalashga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi.

Prezidentimizning joriy yil 28-apreldagi "O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori sohaning istiqbolini belgilashda muhim omil bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

Mazkur qaror asosida agentlik tizimida “O‘zbekakkreditatsiya” davlat korxonasi tashkil etildi. Shuningdek, “O‘zstandart” agentligining 2017-2018-yillarda akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi hamda 2017-2021-yillarda “O‘zstandart” agentligi tizimidagi yirik sanoat korxonalari tarkibidagi sinov va kalibrlash laboratoriyalarini xalqaro darajada akkreditatsiya qilish masalalari nazarda tutilgan.

Ma’lumki, mahsulot va xizmatlarning sifatini aniqlash ularni sinash yo‘li bilan muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiya qilish jarayoni esa muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan olib borilayotgan sinov natijalari to‘g‘ri va aniq o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Qaror asosida “O‘zbekakkreditatsiya” korxonasi muvofiqlikni baholash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashadi. Muvofiqlikni baholash organlari metrologiya xizmatlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazadi. Shuningdek, xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish vazifalari belgilab berilgan.

Ushbu idoraga muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qilish, shuningdek, ularning faoliyati ustidan nazorat yuritish vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 863 muvofiqlikni baholash idorasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2017-yilning birinchi yarmida muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan 5,6 milliard so‘mlik mahsulot nomuvofiq deb topilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yuqorida aytilgan nomuvofiq mahsulotlar 26 sertifikatlashtirish idorasi tomonidan aniqlangan.

Agentlik tomonidan mavjud sertifikatlashtirish idoralarining faoliyati o‘rganilganda, ushbu idoralar faoliyatida qator kamchiliklar borligi ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning birinchi yarmida “O‘zbekakkreditatsiya” tomonidan 325 muvofiqlikni baholash idorasining faoliyati ustidan inspeksiya nazorati o‘tkazildi. Natijada belgilangan standart talablari va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganligi uchun 162 muvofiqlikni baholash idorasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun 20 sertifikatlashtirish idorasining akkreditatsiya guvohnomalari bekor qilingan. Shuningdek, 54 muvofiqlikni baholash idorasining akkreditatsiya doiralari qisqartirilgan.

Akkreditatsiyaning savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, ya’ni eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning sinov natijalarini chet el davlatlarida tan olinishiga sharoit yaratish maqsadida mamlakatimizda 7 sinov laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy mahsulotlarimizning tashqi bozorga kirib borishida ularning sinov natijalari tan olinishi orqali texnik to‘siqlarni bartaraf etishga sharoit yaratadi.

Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
2 049






Все о погоде - Pogoda.uz