O‘zA O`zbek

28.04.2020 Chop etish versiyasi

“KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi” AJ aholiga sugʻurta qoplamalarini toʻlamoqda

“KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi” AJ aholiga sugʻurta qoplamalarini toʻlamoqda


“KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi” AJ mamlakatimizda eʼlon qilinganva insonlar hayotiga xavf solayotgan koronavirus pandemiyasi davrida oʻz mijozlari oldidagi sugʻurta majburiyatlarini muddatida bajarib kelmoqda.

Aytish joizki, kompaniya tomonidan joriy yilning 17-aprelidan boshlab oʻtgan 10 kun ichida barcha hududlardan kelib tushgan 117 ta sugʻurta daʼvolari boʻyicha jami 453,2 mln.soʻm sugʻurta qoplamalari fuqarolarimizga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga toʻlab berildi.

Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida fuqarolarimizga qulayliklar yaratish kabi oliy maqsad koʻzlangan boʻlib, ularni amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasida koʻrish mumkin.

Ayniqsa, tadbirkorlarga sugʻurtaviy koʻmak koʻrsatish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash borasida, 2019-yil 13-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5780-sonli farmoni qabul qilingan boʻlib, farmonning 16-bandida “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlik tavakkalchiligini sugʻurta qilish shartlarida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditning garov taʼminoti bilan qoplanmagan qismini kredit qaytmaslik xatari boʻyicha sugʻurtalashni amalga oshirishi belgilab qoʻyilganligi eʼtiborga loyiq.

Hurmatli tadbirkorlar, “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ Sizga barcha sugʻurta turlari boʻyicha, jumladan, kredit olishingizda garov taʼminoti yetmagan yoki garov mavjud boʻlmagan xolda ham yordam berishga tayyor.

Shu bilan birga, “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ barcha sugʻurta turlari, shu jumladan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha (OSGOR) hamda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha (xalq tilida “majburiy avtosugʻurta”) xizmatlarining onlayn sotuvini yoʻlga qoʻyganligini hamda quyida keltirilgan raqamga telegram kanali orqali murojaat etib, xizmatlarni onlayn olishingiz mumkinligini eslatib oʻtadi:


Toshkent shahri hududi boʻyicha:

+ 998 93 505 16 66
Telegram manzili

+998 78-150-50-03
(Maʼlumot olish uchun)

E-mail: Tashkent-filial@kafolat.uz

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda:

+ 998 90 999 20 07
Telegram manzili

+998 71-202-20-23
(Maʼlumot olish uchun)

Reklama huquqi asosida


14 133
O'zA