Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi parranda go‘shti, tuxum va jo‘ja yetishtirishga ixtisoslashgan “Jondor Chinor Chorva” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qayta ishlash sexi ish boshladi.

Umumiy loyiha qiymati 12 milliard so‘m bo‘lgan ushbu sex zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Sex parranda go‘shtini qayta ishlab, iste’molchilarga kuniga 2,5 tonnagacha dudlangan va qaynatilgan kolbasa mahsuloti yetkazib berish quvvatiga ega.

– Mahsulot raqobatbardoshligi bozorning asosiy talablaridan biri, – deydi sex rahbari M.Narzullayev. – Bunda uning nafaqat sifati va texnologik talablarga amal qilinishi, balki hamyonbopligi ham muhim ahamiyatga ega. Xomashyoning o‘zimizda yetishtirilishi kolbasa tannarxining oshib ketmasligi va xaridorgirligini ta’minlaydi. Qolaversa, qayta ishlash natijasida mahsulotga qo‘shimcha qiymat qo‘shilishi ham daromadimizni ko‘paytirishga xizmat qiladi.

“Jondor Chinor Chorva”da ishlab chiqarilayotgan tuxum va parranda go‘shti nafaqat Buxoro, balki Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari buyurtmachilariga ham yetkazib berilmoqda.

Yangi loyiha samarasida qishloq yoshlari uchun 20 yangi ish o‘rni yaratildi. Yil oxiriga qadar qayta ishlash sexi chiqindilaridan parrandabop ozuqa tayyorlash loyihasini amalga oshirish ham ko‘zda tutilmoqda. Bu yana 10 ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jondor Chinor Chorva”ning yangi mahsuloti