O‘zA O`zbek

19.03.2020 Chop etish versiyasi

“Janubiy Tandircha”da qurilish ishlari olib borilmoqda

“Janubiy Tandircha”da qurilish ishlari olib borilmoqda

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Tandircha” konida Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasida qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, “Janubiy Tandircha” konida tabiiy gaz tarkibidan texnologik suyuqlikni ajratib oluvchi qurilmani yangilash “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarmalarning ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Texnologik jarayon koʻrsatkichlarini doimiy nazorat qilish uchun, qurilmaga avtomatik va qoʻl kuchi yordamida boshqarish jihozlari oʻrnatiladi.

Qurilish va montaj ishlarini yakunlash 2020-yilning mart oyi oxiriga moʻljallangan. Qurilma ishga tushishi bilan kunlik 50 ming kub metr qoʻshimcha tabiiy gaz qazib chiqarish, hamda “Janubiy Tandircha” konidan qazib olinayotgan gazni Shoʻrtan Bosh inshootiga barqaror yetkazib berilishi taʼminlanadi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

4 599
OʻzA