Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 15:17 Chop etish versiyasi

Jamg‘arma tadbirkorga ko‘makchi

Samarqandda eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirish va ularni eksport faoliyatiga keng jalb etishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Cavdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, tijorat banklari mas’ul xodimlari, eksportchi korxonalar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida tadbirkorlarga qulay muhit yaratish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, bank-moliya sohasida islohotlar o‘tkazish bo‘yicha 60 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlar qabul qilindi.

Prezidentimizning 2017-yil 21-iyundagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga keng imtiyoz va erkinliklar berildi. Bu esa tadbirkorlarga o‘z faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish imkonini bermoqda.

– Joriy yilning olti oyi davomida jamg‘arma tomonidan 310 tadbirkorning Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishiga amaliy yordam ko‘rsatildi, – deydi Milliy bank qoshidagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direksiyasi bosh mutaxassisi O.Manazarov. – Natijada ular tomonidan 154,5 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi. O‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan tadbirkorlar soni 160 nafarga, eksport shartnomalar qiymati qariyb 3 barobar yoki 97 million dollarga oshdi.

Seminarda tadbirkorlarga xorijiy kredit liniyalari to‘g‘risida ma’lumot berilib, nol qiymatda realizatsiya qilinadigan davlat aktivlari hamda eksportga chiqariladigan mahsulot va xizmatlar uchun sertifikatlashtirishning soddalashtirilgan turlari joriy etilgani bilan bog‘liq o‘zgarishlar tushuntirildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 552






Все о погоде - Pogoda.uz