O‘zA O`zbek

04.07.2020 Chop etish versiyasi

Jalaquduqda intensiv va yarim intensiv usulda baliq yetishtirish yoʻlga qoʻyildi

Jalaquduqda intensiv va yarim intensiv usulda baliq yetishtirish yoʻlga qoʻyildi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida baliqchilik tarmogʻini yana-da rivojlantirish, aholining baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini uzluksiz taʼminlash maqsadida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, baliq yetishtirishning intensiv va yarim intensiv usulidan samarali foydalanish boʻyicha amaliy harakat boshlangan. Intensiv texnologiya qulay usul boʻlib, kelajakda fermerlar daromadi yana-da oshib borishini taʼminlaydi.

Oyim qishlogʻidagi “Halollik poydevori” hamda Teshiktosh qishlogʻida joylashgan “Javlonbek” baliqchilik fermer xoʻjaliklarida Xitoy texnologiyasi asosida suv havzalarini kislorod bilan taʼminlaydigan ilgʻor uskunalar keltirilib, intensiv va yarim intensiv usulda baliq yetishtirishning dastlabki jarayonlari yoʻlga qoʻyildi.

5 963
Zuhriddin UMURZOQOV(surat), OʻzA