O‘zA O`zbek

10.09.2018 16:38 Chop etish versiyasi

Izboskanda qayta ishlash korxonasi ishboshladi

Izboskanda qayta ishlash korxonasi ishboshladi
Andijon viloyati Izboskan tumanida “Poytugʻ barkamol qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatining meva-sabzavotni qayta ishlash korxonasi ochildi.

Majmua “Asakabank” koʻmagi va taʼsischi mablagʻi hisobidan bunyod etilib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.Korxona yiliga 30 ming tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega.

80 kishining bandligi taʼminlangan korxona mutasaddilari ayni paytda viloyatdagi qator fermer xoʻjaliklari bilan mahsulot xarid qilish boʻyicha shartnoma imzolamoqda.

3.JPG

Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA
2 818