O‘zA O`zbek

31.07.2018 10:29 Chop etish versiyasi

Iyul oyida O‘zbekistonda narx-navo arzonlashdi(mi?)

Iyul oyida O‘zbekistonda narx-navo arzonlashdi(mi?)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yilning iyul oyi uchun Respublika iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning iyul oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o‘rtacha 0,3 foizga pasaygani (yanvar oyida inflyatsiya – 2,7 foiz, fevralda – 1,1 foiz, mart oyida – 1,1 foiz, aprelda – 0,9 foiz, may oyida – 0,8 foiz, iyunda – deflyatsiya 0,4foiz) aytilmoqda. Yanvar – iyul oylarida inflyatsiya darajasi 5,9 foizni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar oyida iste’mol sektoridagi narxlar birmuncha sezilarli darajada oshgan (2,7 foiz). Iyun va iyul oylaridagi meva va sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy omillar natijasida arzonlashishi, umumiy iste’mol narxlari darajasining pasayishiga zamin yaratdi (narxlar darajasi mos ravishda 0,4 foiz va 0,3 foizga arzonlashgan).

Yirik guruhlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli iste’mol narxlari indekslari dinamikasi quyidagi jadval ko‘rinishida namoyish etilgan:

Iste’mol narxlari indeksi

02.JPG

2018 yilning yanvar-iyul oylarida iste’mol narxlari
 indeksi (o‘tgan oyga nisbatan, %)

03.JPG

Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatning iste’mol sektorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining pasayishi natijasida ikkinchi marta deflyatsiya holati qayd etilmoqda. Nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlarida esa aksincha, inflyatsion jarayonlar kuzatildi.

Quyidagi jadvalda alohida turdagi guruhlarning iste’mol narxlari indeksi namoyish etilgan:

04.JPG
05.JPG

Asosiy guruhlar bo‘yicha narxlarning o‘zgarishi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar narxining qimmatlashishi joriy yilning iyul oyidagi umumiy iste’mol narxlari indeksi (INI)ga 0,7 foiz darajasida (f.d.) ta’sir etib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining pasayishi esa INIning 1,0 f.d.da kamayishiga olib keldi.

O‘zA
7 806