O‘zA O`zbek

28.09.2018 Chop etish versiyasi

“Iteca Exhibitions”: bu galgi koʻrgazmalar oʻziga xos tarzda tashkil etiladi

“Iteca Exhibitions”: bu galgi koʻrgazmalar oʻziga xos tarzda tashkil etiladi Joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Poligrafiya va qadoqlash – OʻZuPACK – OʻZBEKinPRINT” hamda “Plastmassa va polimerlar sanoati – Plastex Uzbekistan” anʼanaviy xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi.

“Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan koʻrgazmalardan asosiy maqsad mazkur yoʻnalishlarni yangi bosqichga koʻtarish va tizimga eng yangi texnologiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

“Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi marketing menejeri Bahrom Toʻychiyevning maʼlumot berishicha, bu yilgi koʻrgazmalar namoyishi ham oʻziga xos tarzda tashkil etiladi. Oʻtgan galgi namoyishda 12 davlatdan 80 kompaniya qatnashgan boʻlsa, bu safar 16 mamlakatdan 140 kompaniyaning ishtiroki kutilmoqda. Ular orasida birinchi bor qatnashayotgan ishtirokchilar ham bor. Koʻrgazmaga qiziquvchilar uchun onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratilgan.

2 787
Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA