Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlatimizning doimiy e’tiborida. Har yili qabul qilinayotgan bandlik dasturida aynan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilanadi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlatimizning doimiy e’tiborida. Har yili qabul qilinayotgan bandlik dasturida aynan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilanadi. Kollej bitiruvchilarini ishga qabul qilayotgan korxonalar, tadbirkorlik subyektlariga esa bir qator imtiyoz va yengilliklar berilmoqda. Har bir kollejga muayyan bank biriktirilgan holda bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Samarqand viloyatidagi kasb-hunar kollejlarida ham mazkur amaliyot izchil yo‘lga qo‘yilib, har bir bitiruvchi o‘z qiziqish va intilishiga qarab kasbga yo‘naltirilmoqda. 2016-2017 o‘quv yilida viloyatdagi 160 kasb-hunar kollejini tamomlagan 53 mingdan ortiq bitiruvchining 4 mingga yaqini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan edi. Bitiruvchilarga banklar va boshqa tashkilotlar tomonidan biznes-reja tuzish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

– Yil boshidan buyon viloyat bo‘yicha 2 ming 221 nafar kollej bitiruvchisiga tijorat banklari tomonidan jami 25 milliard 732 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati bosh boshqarmasi mas’ul xodimi A.Qarshiyev. – Jumladan, 2016-2017 o‘quv yilida kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 803 bitiruvchi bank krediti olib, o‘z faoliyatini boshladi. Ayni paytda kredit so‘rab murojaat qilgan boshqa bitiruvchilarning ham biznes-reja va hujjatlari atroflicha o‘rganilgan holda kreditlar ajratilmoqda.

Bankdan kredit olib tadbirkorlik sohasida ish boshlayotgan bitiruvchilar orasida qizlar safi tobora kengaymoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 948 qizning biznes loyihasi istiqbolli, deb e’tirof etildi va ularga kreditlar ajratildi.

– Ota-onam tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangani bois menda ham shu sohaga qiziqish baland edi, – deydi Samarqand sanoat kolleji bitiruvchisi Iroda Inoyatullayeva. – Shuning uchun kollejni bitirib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ygandim. Oilamiz va bank xodimlari yordamida qandolat mahsulotlari va shirinliklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha biznes-reja tuzib, “Mikrokreditbank” Samarqand filialidan 80 million so‘m kredit oldim. Hozirda oilaviy tarzda ishlab, mahsulot ishlab chiqaryapmiz. Ish faoliyatimni yo‘lga qo‘yib olishimda bankdan olingan kredit juda qo‘l keldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli biznes-reja uchun kredit naqd