Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Baxmal export” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘tgan yili Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklariga 14 turdagi 2 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qildi.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Baxmal export” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘tgan yili Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklariga 14 turdagi 2 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qildi. Joriy yilda Hindiston va Vetnam tadbirkorlari bilan ham shartnomalar tuzib, eksport geografiyasini yanada kengaytirdi.

Korxona o‘tgan yili yoz-kuz mavsumida pomidor, qalampir, uzum, olxo‘ri, o‘rik, mosh, no‘xat, loviya, kartoshka, qizil lavlagi, ko‘kat, gul karam va qovoq eksport qilgan edi. Qish mavsumida xorijga ko‘proq dukkakli mahsulotlar, danakli va quruq mevalar chiqarmoqda.

Korxonaga o‘tgan yili Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki viloyat filialining 1 milliard 200 million so‘mlik imtiyozli krediti hisobidan xorijdan meva quritadigan, dukkakli mahsulotlarni tozalab, saralaydigan zamonaviy texnologik uskunalar keltirib o‘rnatildi. 3 sotix maydonda limon yetishtirish uchun issiqxona barpo etildi. Faoliyatni kengaytirish hisobiga 80 doimiy, 150 mavsumiy ish o‘rni yaratildi.

Ayni paytda korxona xorijga mahsulot eksport qilishdan tashqari ichki ehtiyojni ta’minlashga ham salmoqli hissa qo‘shayotir. Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari oshxonalariga arzon narxlarda 159 million so‘mlik kartoshka sotildi.

– Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni faoliyatimizni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi korxona rahbari Anvar Safarov. – Tuman hokimi qarori bilan ajratilgan 728 gektar yerda uzum, meva-sabzavot, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportbop qilib yetishtirish ustida ish olib borilmoqda. Joriy yilda meva sharbati ishlab chiqaruvchi va qadoqlovchi texnologiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu yana 20 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu rejani amalga oshirish uchun korxonaning moddiy-texnik imkoniyatlari yetarli.

Birinchi Prezidentimizning 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatda belgilangan dasturlar izchil amalga oshirilayotir. O‘tgan yili 4 ming 100 gektar maydonga meva-sabzavot ekinlari ekilgani samarasi shu kunlarda bozorlar serobligi, omborlarning to‘laligida namoyon bo‘lmoqda.

Bu yo‘nalishda tabiiy iqlim sharoiti meva-sabzavot yetishtirish uchun qulay bo‘lgan tog‘li hududlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, G‘allaorol tumanida meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan 300 ga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatayotir.

Viloyatda meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish bilan birga, uni saqlash, qayta ishlashga qaratilayotgan e’tibor ham ushbu mahsulotlar eksport hajmini oshirishga xizmat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-2017-yillar qish-bahor mavsumi uchun viloyatdagi mavjud sovutkichli meva-sabzavot omborxonlariga 17 ming 590 tonna mahsulot saqlashga qo‘yilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qilindi