Ishlab chiqarish hajmi ortmoqda
Mamlakatimiz kimyo sanoatining yirik quvvatlaridan biri — “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasida 1 ming 800 dan ortiq ishchi-xodim mehnat qilmoqda.
Mamlakatimiz kimyo sanoatining yirik quvvatlaridan biri — “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasida 1 ming 800 dan ortiq ishchi-xodim mehnat qilmoqda.
Korxona jamoasi joriy yilning birinchi choragida ruda qazish ishlarini, qayta ishlash rejasi va eksport prognoz ko‘rsatkichlarini ortig‘i bilan bajardi. Bu yerda Kimyogarlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda bir guruh faol xodimlar mukofotlandi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatilib, ularning farzandlariga bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma va sovg‘alar taqdim qilindi.