O‘zA O`zbek

27.08.2018 17:41 Chop etish versiyasi

Ishbilarmon, tadbirkor ayollar taqdirlandi

Ishbilarmon, tadbirkor ayollar taqdirlandi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Mustaqilligimizning 27 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan “Ishbilarmon ayol” koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichi yakunlandi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilgan tanlovning bu yilgi tuman, shahar va viloyat bosqichlarida 10 ming nafardan ziyod tadbirkor, ishbilarmon va fermer ayollar ishtirok etdi. Qatnashchilarning 52 nafari esa mamlakat bosqichiga yetib keldi.

– Korxonamizda bolalar uchun koʻplab turdagi plastik oʻyinchoqlar tayyorlanadi, – deydi “Baby Toys Garden” MCHJ rahbari Xurshida Tosheva. – Hozir ishchilarimiz soni 50 dan ortiq. Yaqinda xitoylik hamkorlar bilan yangi turdagi qoʻgʻirchoqlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyamiz. Qoʻshimcha 40 ta ish oʻrni yaratiladi.

Hakamlar tomonidan “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirayotgan fermer ayol”, “Tashabbuskor ayol” kabi nominatsiyalarda gʻoliblar aniqlandi. Ularga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovgʻalari taqdim etildi.

Tadbir soʻnggida ishtirokchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

I.Ahatova, F.Abdurasulov (surat), OʻzA
1 789