Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 16:22 Chop etish versiyasi

“Ishbilarmon ayol – 2017” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tashabbuskor xotin-qizlar turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘z iqtidorini namoyish etdi.

Yakkabog‘ tumanidagi “Sitora imkon plyus” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Nargiza Salomova mutlaq g‘olib, deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Yurtimizda tadbirkor xotin-qizlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar shu sohada faoliyat yuritib kelayotgan ayol sifatida meni juda quvontiradi, – deydi N.Salomova. – “Sitora imkon plyus” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyati asosan kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga qaratilgan. Komputer savodxonligi, tikuvchilik, to‘quvchilik, pazandachilik, qandolatchilik kabi 12 yo‘nalishdagi to‘garaklarimizda 6 nafar malakali xodim yoshlarga hunar sirlarini o‘rgatmoqda. "Go‘zallik saloni"miz xizmatidan mijozlar mamnun. Kelajakda tikuvchilik sexi tashkil etish va yana qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirganmiz.

Tanlovda Mirishkor tumanidagi “Jeynov chorvadori” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Iroda Saidova birinchi, Qamashi tumanidagi “Fayoza Dilmurodovna” xususiy korxonasi rahbari Gulshan G‘oziyeva ikkinchi, Kitob tumanidan yakka tartibdagi tadbirkor Ziyoda Abdurasulova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Zamonaviy tadbirkor ayol portreti”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirayotgan fermer ayol”, “Tashabbuskor ayol”, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Tadbir doirasida tanlov ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA
2 040






Все о погоде - Pogoda.uz