O‘zA O`zbek

12.10.2018 14:52 Chop etish versiyasi

Iqtisodiyotni innavatsion rivojlantirish: xorijiy tajriba, tendensiyalar va istiqbollar

Iqtisodiyotni innavatsion rivojlantirish: xorijiy tajriba, tendensiyalar va istiqbollar

“Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi ilmiy-amaliy konfirensiya oʻtkazdi.

Poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi hamda BMTning Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innavatsion rivojlantirish: xorijiy tajriba, tendensiyalar va istiqbollar” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konfirensiyasini oʻtkazdi.

Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, milliy va xorijiy tashkilotlar vakillari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada taʼkidlanganidek, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qoʻllagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga ildam tadbiq etish Oʻzbekiston Respublikasini jadal rivojlantirishning muhim shartidir. 

Oʻzbekistonda innovatsiyalarni ragʻbatlantirishning institutsional bazasi haqida soʻz bordi. Bu oʻrinda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, keng koʻlamli soliq imtiyozlarini taqdim etish, qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish kabi boshqa mexanizmlarga eʼtibor qaratish lozimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion modellarini shakllantirish borasidagi xorijiy tajriba, ilmiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlashning turli shakllari, taʼlimda innovatsiyani joriy etishning samarali yoʻllari kabi masalalar muhokama qilindi.

Barcha masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Inobat Ahatova, OʻzA
1 190