O‘zA O`zbek

28.12.2018 10:26:50 Chop etish versiyasi

Iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish payti keldi


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomada eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotga oʻtish, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirishimiz zarurligi xususida aytib oʻtdi.

“Transport-logistika tizimini takomillashtirish ham eng dolzarb masaladir. Chunki, dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda koʻplab qiyinchiliklar paydo boʻlmoqda. Shu bois, “Oʻzbekistan Eyrveys” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyalari tovarlarimizni eksport qilish boʻyicha zamonaviy logistika yoʻnalishlarini yaratishlari zarur, dedi davlatimiz rahbari.