O‘zA O`zbek

24.10.2019 Chop etish versiyasi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ish boshladi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ish boshladi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-oktyabrdagi PQ-4471-son qaroriga asosan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oʻz faoliyatini boshladi.

Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi tashkilot hisoblanadi. Bundan koʻzlangan maqsad ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi jiddiy muammolarni jadallik bilan tezkor va samarali hal qilishda davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qilishdir.

Markazning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabariga koʻra, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sifati qayta tashkil etilib, muassasaga yangi vazifalar belgilangan va tuzilmasi tasdiqlangan.

Shuningdek, uning negizida “open space” tamoyili asosida ochiq innovatsion platforma tashkil etiladi. Bundan maqsad esa- davlat organlari va tashkilotlari, tahliliy va tadqiqot markazlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati va ekspertlar hamjamiyati vakillari, boshqa manfaatdor tomonlarning samarali tarmoqlararo va idoralararo hamkorligini yoʻlga qoʻyishdir.

Akselerator markaz tuzilmasidagi ishchi organi boʻladi. Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari ushbu markaz direktori va akselerator rahbari sanaladi

1 212
OʻzA.