Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, joriy yilning 1-iyunidan xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, joriy yilning 1-iyunidan xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik subyektlarining ortib borishi hisobga olingan holda, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilmoqda.

– Bugungi kun talabidan kelib chiqib hamda tadbirkorlik subyektlari huquqini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida joriy etilayotgan mazkur tizim mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning navbatdagi bosqichi sifatida yurtimiz iqtisodiyoti va xalqimiz hayotida muhim o‘rin tutadi, – deydi Samarqand viloyati xo‘jalik sudi raisi vazifasini bajaruvchi O.Asatov. – Ayniqsa, ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining tashkil etilishi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatini oshirish, ularga bu borada qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. Chunki shu paytgacha xo‘jalik sudlarining faqat viloyat darajasida faoliyat ko‘rsatishi tufayli tadbirkorlik subyektlari o‘z yashash va ish joyidan uzoqda bo‘lgan sud binosiga da’vo arizasini berishdan boshlab nizo sudda ko‘rib chiqilguniga qadar bir necha marta kelib-ketishga majbur edi. Bu esa ularning moddiy xarajat va ortiqcha vaqt sarflashiga sabab bo‘lardi.

Samarqand viloyatida ham 22 sudya, 19 sudya yordamchisi va boshqa qo‘shimcha shtatlar bilan jami 52 kishidan iborat viloyat hamda 8 tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilmoqda.

Yangi tashkil etilayotgan tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini joylashtirish, xodimlar uchun zarur shart-sharoit yaratish borasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, mahalliy hokimliklar va boshqa idoralar bilan hamkorlikda ish olib borildi. Ayni paytda barcha sudlar uchun binolar tanlanib, ularni jihozlash, faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Sud faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilayotganidan kelib chiqib, yangi iqtisodiy sudlar uchun ham zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilayapti. Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyatdagi boshqarmasi tomonidan iqtisodiy sudlarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy sud – tadbirkor himoyachisi