Investitsiyaviy hamkorlik istiqboli kengaymoqda
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda Xalqaro investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda Xalqaro investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tdi.Forumda dunyoning 33 davlati firma va kompaniyalari, investitsiya fondlari va banklar, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa yetakchi xalqaro iqtisodiy hamda moliya institutlarining 560 vakili, olimlar, ekspertlar ishtirok etdi.
Xalqaro investitsiyaviy forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.Azimov so‘zga chiqdi.
Prezident Islom Karimov rahnamoligida mustaqilligimizning dastlabki yillaridan iqtisodiyotni isloh qilish va bozor mexanizmlarini rivojlantirish bozor munosabatlarining eng muhim tamoyillaridan biri sifatida mulkchilik shakllarini o‘zgartirish, xilma-xilligi va teng huquqliligini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlandi. Mamlakatimizda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi iqtisodiyotda davlat monopoliyasini bartaraf qilish va yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish imkonini berdi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni xususiylashtirish jarayonining me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirishda muhim hujjat bo‘lib xizmat qildi. Ushbu qonunga muvofiq, davlat mulkini xususiy mulkdorlarga berishning yangi mexanizmlari hayotga tatbiq etildi va bu amaldagi qonun qoidalarini yanada aniqlashtiradigan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishni taqozo etdi. Ayni paytda saksondan ortiq qonunosti hujjatidagi xususiylashtirish tartib-taomillarini tartibga soladigan normalar iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini ko‘paytirish, barcha toifadagi bo‘lajak investorlarning xususiylashtirish jarayonidan teng foydalanishini ta’minlash, bitimlarning ochiq-oshkoraligi va mulk huquqini himoya qilishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan xususiylashtirishga doir muayyan dasturlar alohida diqqatga sazovordir. Ushbu dasturlar yordamida davlat aktivlari investitsiya kiritish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega zamonaviy ekologik ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va servis obyektlarini tashkil qilish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmoqda. So‘nggi yigirma yilda mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar samarasida 31 mingdan ortiq obyekt mahalliy va chet el kompaniyalariga berildi. Bu, o‘z navbatida, qisqa muddat ichida nafaqat yetakchi tarmoqlarni texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotda energiya samaradorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish, balki eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berdi. Ayni paytda tashqi bozorga xomashyo o‘rniga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilayotir.
Tadbirda so‘zga chiqqan Osiyo taraqqiyot banki bosh direktori Xuan Miranda, Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller, Koreya Respublikasi sanoat, savdo va tabiiy resurslar vazirining birinchi o‘rinbosari Li Xvan Sop, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Dimitris Sitsiragos, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va boshqalar O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yillarida erishgan yutuqlarini yuksak baholadi va mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining so‘nggi o‘n bir yil davomida 8 foizdan ortiq darajada saqlanib kelayotgan yuqori o‘sish sur’atlarini, sanoat hamda xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanayotgani va xalqimiz farovonligi yanada yuksalib borayotganini alohida ta’kidladi.
Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizning iqtisodiy, investitsiyaviy salohiyati, shuningdek, chet ellik sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida hikoya qiluvchi videofilm namoyish etildi.
Joriy yilda mamlakatimizda qo‘llanilayotgan xususiylashtirish amaliyotining zamonaviy strategiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Prezident Islom Karimov mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida xususiy tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish bu sohaga to‘liq erkinlik berish eng muhim ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan ayni mana shu vazifaning qanday hal etilishiga bog‘liq. Shu sababdan biz xususiy mulk munosabatlari borasidagi qarashlarimizni mutlaqo o‘zgartirish masalasini qayta ko‘rib chiqishimiz zarur. Shu asosda mustahkam huquqiy bazani xususiy mulk manfaatlariga moslashtirishimiz, mulk huquqining kuchli yuridik norma va kafolatlari tizimini shakllantirishimiz, xususiy mulkdorlarning keng qatlamini yaratishimiz kerak.
Shundan kelib chiqib, davlat aktivlarini yanada xususiylashtirish, korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish hisobidan iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik hamda iqtisodiy asoslangan darajaga qadar qisqartirish joriy yilda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim va ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Xususan, 2015-yil 15-mayda Prezidentimizning «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, shu yil 20-avgustda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining joriy yil 28-apreldagi «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida real iqtisodiyot tarmoq va sohalarida davlat ishtirokini tubdan kamaytirish, 1247 korxona va obyektni xususiy mulkka o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Xususan, 68 yirik korxonadagi davlat ulushi, jumladan, aksiyalar nazorat paketi xorijiy investorlarga taklif qilinmoqda. 343 korxonaning davlat ulushi chet el va mahalliy investorlar uchun savdoga qo‘yilmoqda. 324 obyekt ochiq savdolarda xorijiy va mahalliy investorlarga sotiladi. Bundan tashqari, 512 davlat obyekti xorijiy va mahalliy investorlarga investitsion majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan «nol» qiymatda taklif etilmoqda. Misol uchun, «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyati, «Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyati, «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati, «Jizzaxplastmassa» aksiyadorlik jamiyati va boshqa strategik korxonalarda umumiy ulushning 51 foizini davlat boshqaruvida saqlab qolgan holda, qolgan qismini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash sharti bilan sotish taklif etilmoqda.

Qayta tiklash va negizida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish majburiyatini qabul qilish sharti bilan samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlari «nol» qiymatda xususiy mulkka beriladi.
Mazkur dastur ijrosini ta’minlash doirasida ushbu jarayonlarga xorijiy investorlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
– Kompaniyamiz 2009-yilda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan O‘zbekistonda og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillar ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha «JV MAN Auto – Uzbekistan» qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzoladi, – deydi «MAN Truck & Bus AG» kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy rahbari Yan Kolmayyer (Germaniya). – O‘tgan yillar davomida mazkur zavod ishlab chiqarish hajmini oshirib, joriy yilda besh minginchi yuk avtomobilini konveyyerdan chiqardi. Bugungi kunda 40 turdan ortiq yuk tashuvchi va maxsus texnika ishlab chiqarilmoqda va ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi. O‘zbekiston tomonidan berilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlardan unumli foydalanib, yaqinda shahar ichida qatnash uchun mo‘ljallangan Lion rusumli avtobusning tajriba namunasini ishlab chiqardik. Ayni paytda mazkur texnika Toshkentda sinovdan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, yaqin vaqt ichida yangi rusumdagi sayyohlik avtobusini ham taqdim etamiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti shakllantirilgan, eng ilg‘or xalqaro tajribalar asosida xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kafolatlarining mustahkam qonunchilik bazasi, shuningdek, chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar uchun imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Chunonchi, Prezidentimizning 2005-yil 11-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi 300 ming dollardan 3 million dollargacha bo‘lgan korxonalar 3-yil, 3 milliondan 10 million dollargacha bo‘lgan korxonalar 5-yil, 10 million dollardan ortiq bo‘lgan korxonalar 7-yil muddatga yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq, mulk solig‘i va boshqa qator majburiy to‘lovlardan ozod qilinadi.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, qiymati 50 million dollardan ortiq va xorijiy investor ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi davlat byudjeti va boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona tashkil etish maqsadida joylardagi davlat hokimiyati organlari balansidagi past likvidli obyektlar “nol” qiymatda sotilmoqda. Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ulushi 33 foizdan kam bo‘lmagan korxonalarga ular ro‘yxatga olingan sanadan boshlab ikki yil davomida olib kiriladigan mulk va tovarlar uchun bojxona preferensiyalari taqdim etiladi.
– «General Motors» korporatsiyasi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston bozorida salmoqli yutuqlarga erishmoqda, – deydi «GM Uzbekistan Operation» kompaniyasi prezidenti va boshqaruvchi direktori Xektor Villarreal (AQSh). – Ayni paytda «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining Andijon va Xorazm viloyati hamda Toshkent shahrida zavodlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda 10 rusumdagi avtomobil ishlab chiqarilmoqda. Bu yil ularning safiga yangi «Labo» avtomobili ham qo‘shildi. O‘z mahsulotlarimiz turini kengaytirishni davom ettiramiz. Negaki, O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritish uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.
Korxona va ishlab chiqarish obyektlarining samarali faoliyat yuritishi korporativ boshqaruv tizimi bilan bevosita bog‘liq. Mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimining rivojlanishi davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish orqali xususiylashtirish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. O‘tgan yillar mobaynida 31 mingdan ortiq davlat korxonasi xususiylashtirildi va bugun mamlakatimizda qariyb 1,2 million aksiyador bor.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish mamlakatimizda ayni paytda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishidir. Bugun yurtimizda aksiyadorlik jamiyatlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur me’yoriy-huquqiy baza va infratuzilma tashkil etilib, samarali faoliyat yuritmoqda. Jumladan, kodifikatsiya qilingan huquqlarga asoslangan me’yoriy baza O‘zbekiston Resepublikasining Fuqarolik kodeksi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlari, 60 dan ortiq boshqa hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunchilik huquqiy munosabatlarning atroflicha va oshkora belgilanishi bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizda 1994-yildan buyon fond birjasi, 1999-yildan markaziy depozitariy va yuzdan ortiq investitsiya institutlari (brokerlar, maslahatchilar, boshqaruvchi kompaniyalar va boshqalar) faoliyat yuritib kelmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) standartlariga muvofiq, korporativ boshqaruvning rivojlanish darajasini o‘rganish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda o‘tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan boshqa mamlakatlarning ushbu yo‘nalishdagi qonunchiligi bilan taqqoslaganda O‘zbekiston qonunchiligi korporativ boshqaruv amaliyotini rivojlantirish uchun istiqbolli asos yaratayotgani qayd etilgan.
Qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samarasida mamlakatimiz 2014-yilda Jahon bankining biznesni yuritish shartlarini ifoda etadigan Doing Business reytingida «Minoritar investorlarni himoya qilish» ko‘rsatkichi bo‘yicha 18 pog‘ona ko‘tarildi. Bugun yurtimizda 90 dan ortiq mamlakat kapitali ishtirokida tashkil etilgan 5 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. To‘liq chet el kapitali ishtirokida tashkil qilingan va xorijiy korporativ boshqaruv usullariga asoslangan qator korxonalar ham mavjud.
Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 24-apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Farmonda davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va rahbarlari tarkibini yangilash, 2016-2018-yillarda aksiyadorlik jamiyatlari hisobotlarini Xalqaro audit standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo‘yicha nashr etishga o‘tish, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlarni xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov asosida saralashni keng joriy qilish, xorijiy menejerlarni jalb etishda qo‘shimcha soliq imtiyozlari (daromad solig‘i va ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilish) va boshqa tadbirlar nazarda tutilgan.
– Keyingi o‘n yilda O‘zbekistonga tez-tez kelib turaman va mamlakatingizda xorijiy investorlarga davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratilayotganiga guvoh bo‘lmoqdaman, – deydi «Lotte Chemical» kompaniyasi prezidenti Xo Su Yong (Janubiy Koreya). – Jumladan, yaqinda kompaniyamiz ishtirokida Surg‘il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi yakunlandi. Qiymati qariyb 4 milliard dollarni tashkil qilgan ushbu zavod tabiiy gazni qayta ishlab, turli qalinlikdagi polietilen, polipropilen va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Forumning sho‘ba majlislarida xususiylashtiriladigan muayyan obyektlar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Yoqilg‘i-energetika majmuasi, mashinasozlik, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xalqaro turizm sohalarining investitsiyaviy imkoniyatlari, chet el kapitalini xususiylashtirish jarayonlari va istiqbolli investitsiyaviy loyihalarga jalb etish uchun ishbilarmonlik muhiti va investitsiya iqlimini takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilindi.
Forumning xorijiy ishtirokchilari mamlakatimiz bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekani va yurtimizda qulay investitsiya muhiti yaratilganini qayd etdi. Bu chet ellik sheriklar bilan ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shimcha rag‘bat beradigan muhim omildir.
Forum yakunida jurnalistlar uchun brifing bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro anjuman doirasida umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 100 dan ortiq bitim va memorandum imzolangani e’lon qilindi. Shuningdek, boshqa yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani ham qayd etildi.
Muxtasar aytganda, Xalqaro investitsiyaviy forum xorijiy investorlarga o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, izchil rivojlanayotgan va istiqbolli O‘zbekiston bozorida biznes yuritishning yangi qirralarini ochish imkonini berdi.