O‘zA O`zbek

17.08.2018 16:07 Chop etish versiyasi

Investitsiyalar korporatsiyasi qayta ish boshladi

Investitsiyalar korporatsiyasi qayta ish boshladi
Oliy Majlis Senatida Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev, Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi vitse-prezidenti D.Boxigien va boshqalar so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichda davom etayotganini ta’kidladi.

Mehmonlarga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, qulay investitsiya muhiti, xorijlik ishbilarmonlarni jalb qilishning qonunchilik bazasini mustahkamlashga doir ishlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat kafolatlarining qonunchilik asoslari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.

Mamlakatimizda faoliyatini qayta boshlagan Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi maqsadi O‘zbekiston bozoriga mablag‘lar kiritishda amerikalik tadbirkorlarga kreditlar va kafolatlar berish orqali ko‘maklashishdan iborat ekanligi ta’kidlab o‘tildi.


D.Sunnatov, O‘zA
2 107