O‘zA O`zbek

23.04.2020 Chop etish versiyasi

Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasining mablagʻlari qayerga sarflanayapti?

Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasining mablagʻlari qayerga sarflanayapti?

Yoki davlat tashkilotlarini ayni vaqtda qoʻllash qanchalik muhim

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetov mablagʻlar va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida oʻz fikrini bildirdi:

– Hozirda 2 trillion 1 milliard soʻm shakllantirildi. Shundan 1 trillion 885 milliardi sarflandi. Sanitariya-epidimiologiya osoyishtalik agentligi uchun jamgʻarma hisobidan 425 milliard, tibbiyot muassasalarining qurilishi uchun 407 milliard ajratildi.

Ijtimoiy himoya, yaʼni jamoat ishlarini tashkil etish uchun birinchi bosqichda 50 milliard soʻm ajratilgan. Aslida 200 milliard mablagʻ belgilangan edi. Asosiy ish, koʻmak shu yoʻnalish hisoblanadi.

Shu vaziyatda davlat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlab turish shartmi, degan savol tugʻiladi. Bu shart. Qanday muammo va fikrlar boʻlishidan qatʼi nazar. Gaz, suv, elektr xonadonlarda uzluksiz boʻlishi uchun bu kerak. Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun 500 milliard, “Oʻzbekneftegaz“ uchun 400 milliard, “Toza hudud” tashkilotiga 60 milliard soʻm ajratilayapti.

Umuman, jamgʻarma mablagʻlari toʻrtta yoʻnalishda belgilangan. Lekin oʻzgartirish ham boʻlishi mumkin. Shulardan, sogʻliqni saqlash sohasi birlamchi. Muhimi, hozir insonlar salomatligi. Kerak boʻlsa, boshqa sohalarni qisqartirib boʻlsa ham sogʻliqni saqlash sohasiga koʻproq mablagʻ ajratish imkoniyatiga egamiz.

Press-klub sessiyasi davom etmoqda.

13 887
B.Meliqulova, A.Abdullayev(surat), OʻzA