Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi “Universalagrolyuks” fermer xo‘jaligida ilg‘or va innovatsion texnologiya asosida barpo etilgan issiqxonada yiliga to‘rt martagacha hosil olish mumkin.

Mamlakatimizda barcha sohalarda, xususan, qishloq xo‘jaligi tizimiga ilg‘or texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish keng imkoniyatlar yaratmoqda. Jumladan, “Universalagrolyuks” fermer xo‘jaligi tomonidan o‘tgan yili Jahon taraqqiyot bankidan olingan 500 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit hisobiga 1 gektar maydonda issiqxona barpo etilib, Janubiy Koreyaning “Mayson plakon” kompaniyasi innovatsion texnologiyalari asosida, ya’ni gidroponika-substrakt usulida pomidor ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.

– Gidroponika atamasi suv yordamida dehqonchilik qilish, degan ma’noni anglatadi, – deydi “Universalagrolyuks” fermer xo‘jaligi rahbari Sanjarbek Rahimov. – Bunda o‘simlik ko‘chati tomiri faqat suvdan iborat bo‘lgan bo‘shliqda rivojlanadi. Biz qo‘llayotgan substrakt-gidroponika usulida esa o‘simlik urug‘i kokosning qurigan poyasi joylashtirilgan sellofan substraktga ekiladi, belgilangan muddatda maxsus jihoz yordamida suv va boshqa zarur ozuqalar yetkazib turiladi. Bu ko‘chatning baquvvat bo‘lishi, mevaning nisbatan erta yetilishi va bir xil hajmda bo‘lishini ta’minlaydi.

Xo‘jalikda pomidorning Turkiyadan keltirilgan “Tori” navi ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ayni kunlarda ko‘chatlar mevaga kirgan.

Ma’lumki, kunlar isishi bilan qator poliz ekinlari, xususan, pomidor ko‘chati rivojlanishdan to‘xtaydi. Joriy etilgan yangi texnologiyaning yana bir afzalligi shundaki, havo harorati o‘ta isib ketgan taqdirda ham issiqxona ichidagi maxsus sovutish moslamasi havoni mo‘tadillashtirib, ko‘chatning bir maromda rivojlanishini ta’minlaydi. Shu tariqa issiqxonada sabzavot va poliz ekinlaridan yil davomida bir necha marta hosil olish mumkin bo‘ladi.

Fermer xo‘jaligida mahsulotni xalqaro andozalar talablari darajasida qadoqlash ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yetishtirilgan mahsulotning asosiy qismini eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Innovatsion texnologiya yiliga to‘rt martagacha hosil olish imkonini beradi