Innovatsion sug‘urta markazi ish boshladi
“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali tashabbusi bilan Toshkent moliya institutida Innovatsion sug‘urta markazi tashkil etildi.
“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali tashabbusi bilan Toshkent moliya institutida Innovatsion sug‘urta markazi tashkil etildi.Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoyalash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarda sug‘urtaviy himoya imkoniyatlari oshib borayotgani muhim ahamiyat kasb etayotir. Bugun mamlakatimizda o‘ttizdan ziyod sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.
Talabalar ixtiyoriga topshirilgan Innovatsion sug‘urta markazi aholiga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish hamda yoshlarning sug‘urta madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Markaz faoliyatidan ko‘zlangan maqsad zamonaviy sug‘urta bozorida professional kadrlar tayyorlash, ularning sug‘urta sohasidagi bilimlarini oshirishdan iborat.
– Sug‘urta xizmatlari bozori kundalik hayotimizga tobora chuqurroq kirib bormoqda, – deydi Toshkent moliya instituti sug‘urta fakulteti talabasi Nilufar Usmonova. – Shunday ekan, yoshlarda sug‘urta madaniyatini shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Sug‘urta kelajak kafolati, ijtimoiy himoya mahsuli, turli xavf-xatardan holi yashash deganidir.
Tadbirda ishtirokchilar yangi markaz faoliyati, bu yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.