Zangiota tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida “Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalariga oid dolzarb masalalar” mavzuida amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya “Ayollar qanoti” faollari, tadbirkorlar, fermerlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik borasidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanayotgani, buning uchun yaratilayotgan sharoitlar ularning ishbilarmonlik salohiyatini yuzaga chiqarishda alohida ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda viloyatda 1 ming 670 dan ortiq tadbirkor, 620 ga yaqin fermer xotin-qiz samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning safida yangi ishlanmalar, kashfiyotlar ustida izlanayotgan ilmiy darajaga ega olima ayollar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Seminardan ko‘zlangan maqsad ana shunday tashabbuskor, yangilikka intiluvchan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular yaratayotgan innovatsion ishlanmalarni hayotga tatbiq etishdan iborat.

Dastlab, tadbirkor va fermer xotin-qizlar tomonidan innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan, turli eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

– Bugun hamkasblarimizga yangi – sabzining “Avako”, olxo‘rining “Super yor” navlari ko‘chatlarini parvarishlash agrotexnikasi haqida ma’lumot berdik, – deydi Yangiyo‘l tumanidagi “Ne’matjon olmalari” fermer xo‘jaligi rahbari Ra’noxon Boboyeva. – O‘zimiz ishlab chiqargan iste’mol mahsuloti – “Guruch yormasi”ga qiziqish bildirganlar ko‘p bo‘ldi. Go‘daklar ham, kattalar ham iste’mol qilsa bo‘ladigan bu mahsulotning afzalligi shundaki, u xorijdan keltiriladigan turdosh mahsulotlardan ekologik tozaligi bilan alohida ajralib turadi. Bundan tashqari, yurtimizga import qilingan guruch yormalaridan 7-8 barobar arzon.

Seminarda innovatsion ishlanmalar ham namoyish etildi. Loyihalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab ishlanmalarga tadbirkorlar, fermerlar qiziqish bildirib, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash istagi borligini aytishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor va fermer xotin-qizlar innovatsion ishlanmalarini namoyish etdi