Jizzax viloyatida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular faoliyatiga asossiz aralashuvlarga chek qo‘yish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Viloyat soliq idoralari tomonidan 2016-yilning birinchi choragida 129 tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lsa, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga asosan joriy yilning birinchi choragida qisqa muddatli tekshiruvlar umuman o‘tkazilmadi. Biroq, tekshirishlar kamaygani soliq nazorati susaydi, degani emas. Aksincha, rejadan tashqari tekshirishlar bekor qilingani Soliq kodeksida ko‘zda tutilgan tadbirkorlik faoliyatiga aralashmasdan amalga oshiriladigan kameral nazorat sifatini oshirishni taqozo etayotir.

Ma’lumki, kameral nazorat tashqi manba ma’lumotlari, tadbirkorlik subyektlarining tegishli tashkilotlarga topshirgan moliyaviy va soliq hisobotlarini chuqur tahlil qilgan holda amalga oshiriladi. Joriy yilning birinchi choragida soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida 24,8 milliard so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlanib, qayta hisob-kitob qilindi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati yuzasidan yirik pul aylanmalari bo‘yicha soliq idoralari va tijorat banklaridan olingan ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan kameral nazorat tahlillariga ko‘ra, 21 holatda daromadni yashirish, bir necha naqd pul tushumini bankka topshirmaslik holatlari aniqlanib, bartaraf etildi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi, uning tuman va shahar inspeksiyalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, erkin faoliyat ko‘rsatishi, belgilangan imtiyoz va yengilliklardan to‘la foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda. Yuqorida zikr etilgan farmonga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan inson sog‘ligi va hayotiga zarar yetkazilmaydigan, moddiy zarar ixtiyoriy ravishda qoplangan, birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarliklar moliyaviy jazodan ozod qilinmoqda. Farmonda belgilangan ushbu yengilliklarni qo‘llash natijasida joriy yil birinchi choragida 5 tadbirkorlik subyekti 11 million so‘mlik moliyaviy jarimadan ozod qilindi.

– Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni ijrosi doirasida tadbirkorlarga jami 31,5 milliard so‘mlik imtiyozlar qo‘llanildi, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Mustanov. – Tadbirkorlikning qo‘llab-quvvatlanayotgani iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishiga, aholi turmush farovonligini yuksaltirishning manbai bo‘lgan soliq tushumlari ko‘payishiga xizmat qilmoqda. Tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyoz va yengilliklar davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bo‘yicha qarzdorlikning kamayishiga xizmat qilmoqda.

Yaratilayotgan qulaylik va yengilliklardan ko‘zlangan maqsadni har bir tadbirkorga to‘liq tushuntirish uchun barcha tuman va shaharlarda o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Soliq nazoratchilarining tadbirkorlar bilan uchrashuvlari, suhbatlari kundalik faoliyatdagi doimiy ishga aylanmoqda. Amalga oshirilayotgan bunday ishlar tufayli joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan savdo, pul aylanmasi, naqd pul tushumi ko‘paydi. Bu esa pensiyalar, byudjet tashkilotlari xodimlariga oylik ish haqi, boshqa ijtimoiy to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyoz va imkoniyatlar samarasi