“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida sarmoyadorlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning samarali tizimi ishlab chiqilgani xorijlik tadbirkorlarni ham jalb etayotir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda yanada qulay investitsiya muhiti yaratish, tadbirkorlar uchun imkoniyat va imtiyozlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida sarmoyadorlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning samarali tizimi ishlab chiqilgani xorijlik tadbirkorlarni ham jalb etayotir. Iqtisodiy zona barpo etilgan dastlabki paytda kelgan xitoylik ishbilarmonlar imkoniyatlardan samarali foydalanib, hamkorlikni kengaytirmoqda. Xitoylik sarmoyadorlar o‘tgan qisqa davrda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda uchta zamonaviy korxona barpo etdi.

O‘tgan yil oxirida Xitoyning “ZTT” va “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyalari teng miqdorda – har ikki tomon ham 500 ming dollar miqdorida investitsiya kiritib, “Smart vizion” qo‘shma korxonasini tashkil etgan edi. Zamonaviy texnologiyalar asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo‘llaniladigan apparatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona mahsulotlari yuqori sifati bilan ajralib turadi.

Qo‘shma korxona oyiga 500 video hamda 1,5 ming dona IP telefon ishlab chiqarish quvvatiga ega. Jahon andozalariga to‘liq javob beradigan ushbu aloqa vositalari turiga ko‘ra nafaqat yurtimizda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yagona hisoblanadi. Korxona mahsulotlari ichki bozorda allaqachon o‘z xaridorini topib ulgurgan. 2018-yildan boshlab mahsulotning 10 foizini xorijga eksport qilish rejalashtirilgan.

Korxonada kasb-hunar kollejlarini bitirgan 30 nafar yosh mutaxassis mehnat qilmoqda. Kelgusida korxona quvvatining oshirilishi bilan ish o‘rinlari ham yanada ko‘payadi.

– Davlatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlar muvaffaqiyatlarimiz omili bo‘layotir, – deydi korxona muhandisi K.Yangiboyev. – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga talab tobora ortib borayotgan bugungi kunda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarib, ham ichki, ham tashqi bozorda o‘z o‘rnimizni mustahkamlashni qat’iy maqsad qilganmiz. Buning uchun imkoniyatlar yetarli.

Korxonada joriy yil oxiriga qadar butlovchi qismlarning 30 foizini mahalliylashtirish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bu korxona mahsulotlari tannarxi arzonlashib, raqobatbardoshligi yanada oshishiga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyat va samara