Jizzax viloyatida 2015-2017-yillarda 41 davlat mulki obyekti tadbirkorlik subyektlariga “nol” qiymatda berildi.

Prezidentimizning 2017-yil 18-apreldagi "Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etib, bo‘sh turgan bino va inshootlardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkoniyatini kengaytirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi va 41 tadbirkorlik subyekti o‘rtasida tuzilgan davlat mulkini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar evaziga “nol” qiymatda sotish to‘g‘risidagi shartnomalarga muvofiq, bo‘sh turgan obyektlarga 30 milliard 435 million so‘mdan ziyod investitsiya kiritish orqali 1 ming 697 yangi ish o‘rni tashkil etish majburiyati belgilangan edi. O‘tgan davr mobaynida tadbirkorlik subyektlari tomonidan 13 milliard 336 million so‘mlik investitsiya kiritilib, 1 ming 34 yangi ish o‘rni yaratildi.

Paxtakor tumanidagi “Hamzayeva Xadicha” xususiy korxonasiga tumandagi sobiq supermarket binosi “nol” qiymatda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish sharti bilan berilgan edi. Korxona jamoasi 934 million so‘m investitsiya kiritib, mebel ishlab chiqarish sexi va xizmat ko‘rsatish majmuasi tashkil etdi. Ayni paytda bu yerda 30 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda.

– Mahallamizda bo‘sh turgan inshootni “nol” qiymatda olib, faoliyatimizni yanada kengaytirdik, – deydi “Hamzayeva Xadicha” xususiy korxonasi rahbari Usmon Nosirov. – Binoda mebel ishlab chiqarish sexi, go‘zallik saloni, tantanalar majmuasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

537 ming dollar miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda berilgan Do‘stlik tumanidagi sobiq mashina-traktor parkining bo‘sh turgan binosidan “Fresh style” mas’uliyati cheklangan jamiyati samarali foydalanmoqda. Bu yerda tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasi ishga tushirilib, 800 ish o‘rni yaratildi.

G‘allaorol tumanidagi sobiq klub binosini 174 million investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda olgan "Nozimabegim nasibasi" korxonasi tikuvchilik sexi tashkil etdi. 20 dan ortiq xotin-qiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ko‘rpa-yostiq va boshqa tikuvchilik mahsulotlari sifati va bejirimligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Viloyatda bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanib, yangi ish o‘rinlari yaratayotgan subyektlar bilan birga, davlat mulkidan foydalanishda turli muammolar tufayli kutilgan natijaga erisha olmayotgan tadbirkorlar ham bor. Ayrim obyektlarda xomashyo, elektr, gaz ta’minoti va boshqa masalalarda muammolar mavjudligi inshootlardan samarali foydalanishga yo‘l bermayapti.

– Tadbirkorning “nol” qiymatda berilgan mulkdan foydalanayotgani imkoniyat berish bilan birga, uning mas’uliyatini ham oshiradi, – deydi Jizzax viloyati xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Tursunov. – Shuning uchun xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida hududda erishilgan natijalarni tanqidiy tahlil qilib chiqdik. Bu ishda xususiylashtirilgan korxonalar negizida amalga oshirilayotgan loyihalarni tizimli va manzilli qo‘llab-quvvatlashni tashkil etishga, ko‘chmas mulkdan foydalanish bo‘yicha tuzilgan bitimlar bajarilishiga alohida e’tibor qaratilayotir. Jumladan, "nol" qiymatda berilgan inshootlarda yangi loyihalarni ishga tushirishni tezlashtirish uchun aniq chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bank, soliq boshqarmalari, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda inshootlarni “nol” qiymatda olgan tadbirkorlarga kredit, soliq bo‘yicha yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Muxtasar aytganda, davlat mulki obyektlarining xususiy sektor vakillariga bepul berilishi mulkdorlar safini kengaytirish, ishlab chiqarishga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni yanada keng jalb etish, pirovardida aholi bandligi va farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyat samaralari