O‘zA O`zbek

21.07.2020 Chop etish versiyasi

Ilon Mask eng boy odamlar roʻyxatida kuchli beshlikka kirdi

Ilon Mask eng boy odamlar roʻyxatida kuchli beshlikka kirdi

“Forbes” talqiniga koʻra, amerikalik tadbirkor, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari asoschisi Ilon Mask ilk bor dunyoning eng badavlat kishilari poygasida 5-oʻringa koʻtarildi. Bu haqda nashr saytida eʼlon qilindi.

“Forbes” mutaxassislari Maskning davlati 74,2 milliard dollarga tengligini aytishgan.

Xabarda qayd etilishicha, mart oyi oʻrtalarida Ilon Mask mazkur roʻyxatning 31-pogʻonasida edi. Oʻtgan davr mobaynida, aniqrogʻi 2020-yil boshidan “Tesla” aksiyalari qariyb 300 foizga qimmatlashdi va natijada milliarderning boyligi uch baravar oshib ketdi.

“Forbes Real-Time” tomonidan taqdim etilgan soʻnggi hisob-kitoblarga qaraganda yer yuzining eng badavlat kishilari roʻyxati boshidagi uchlikni “Amazon” kompaniyasi boshligʻi Jeff Bezos 189 milliard dollar bilan boshqarib turibdi.

2-oʻrinda “Louis Vuitton Moët Hennessy” (LVMH) rahbari Bernar Arno boryapti, uning mablagʻi 113, 8 milliard dollarga baholangan. 3-pogʻonada qayd etilgan “Microsoft” asoschisi Bill Geyts esa “bor-yoʻgʻi” 113,4 milliard dollarga egalik qilmoqda.

“Facebook” xoʻjayini Mark Sukerberg ham oʻzining 90,3 milliard dollari bilan hozircha Maskni ortda qoldiryapti.

Roʻyxatda oltinchi boʻlib 72,2 milliard dollar toʻplagan“Microsoft”ning sobiq rahbari Stiv Balmer nomi keltirilgan.

15 332
O'zA