Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi haqida
2017-yilning 1-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror bilan 2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, unda ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini takomillashtirish, akademik fan bilan oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining samarali ishlashlari bo‘yicha zaruriy choralarni amalga oshirish yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Shuningdek, 2018-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi tasdiqlanib, dastur doirasida ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun 116 mlrd. so‘m (shundan: joriy yilda 26.5 mlrd. so‘m), ilmiy va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun 30.4 mln. AQSh dollari (shundan: joriy yilda 7.3 mln. AQSh dollari) va kerakli butlovchi qismlar, xarajat materiallari va reaktivlar xarid qilish uchun 1.9 mln. AQSh dollari (shundan: joriy yilda 0.5 mln. AQSh dollari) miqdorida mablag‘lar moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, 2018-yildan boshlab vazirlik va idoralarning gumanitar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan bazaviy moliyalashtirish asosida tashkillashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni haqida ma’lumotlar taqdim etib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi