15 milliard so‘mlikdan ziyod shartnomalar imzolandi
Navoiyda o‘tkazilgan hududiy meva-sabzavot yarmarkasida 300 dan ortiq fermer xo‘jaligi, agrofirma va qayta ishlovchi korxonalar 25 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Navoiyda o‘tkazilgan hududiy meva-sabzavot yarmarkasida 300 dan ortiq fermer xo‘jaligi, agrofirma va qayta ishlovchi korxonalar 25 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etdi.Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish jarayonida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilayotgan alohida e’tibor bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlash bilan birga, ularni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirishda yuksak samaralar bermoqda.
– Joriy yildan xorijga dukkakli mahsulotlar yetkazib berishni boshladik, – deydi Xatirchi tumanidagi “Xatirchi oziq-ovqat” agrofirmasi direktori Ochil Suyarov. – Bunda Birinchi Prezidentimizning joriy yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 10 dan ziyod yosh mehnat qilayotgan korxonamizda moshni qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda Hindistonga 100 tonna mosh sotish bo‘yicha imzolangan shartnoma asosida ish olib boryapmiz. Bangladesh, Vetnam davlatiga ham mosh sotish rejalashtirilgan.
Yarmarka davomida fermer va tayyorlov korxonalari, agrofirmalar o‘rtasida 15 ming 410 tonna mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 15 milliard so‘mlikdan ziyod shartnomalar imzolandi.