O‘zA O`zbek

04.06.2020 Chop etish versiyasi

IFC “Ipoteka-bank” ATIBga Oʻzbekistonda eksport va importni qoʻllab-quvvatlash uchun savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etmoqda

IFC “Ipoteka-bank” ATIBga Oʻzbekistonda eksport va importni qoʻllab-quvvatlash uchun savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etmoqda

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) mamlakatlar iqtisodiyotini COVID-19 pandemiyasi taʼsiridan himoya qilish maqsadida, “Ipoteka-bank” ATIBga eksport va import faoliyati bilan shugʻullanuvchi mahalliy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 10 million AQSH dollar miqdorida savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etmoqda.

Shu tariqa Ipoteka-bank IFCning Savdoni moliyalashtirish boʻyicha global dasturi (GTFP)da ishtirok etuvchi uchinchi oʻzbek bankiga aylandi.

Ipoteka-bank bu orqali mahalliy import va eksport qiluvchilarni, ayniqsa COVID-19 pandemiyasi tufayli tovarlarni harakatlanishi cheklangan hozirgi qaltis vaziyatda qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻladi, - deb taʼkidladi “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi Raisi Atabayev Shuxrat Xoldorovich.

Shu bilan birga bankning savdo-moliyaviy operatsiyalarining kengayishi mijozlarimizni mintaqaviy va xalqaro savdo oqimlariga integratsiya qilish hamda Oʻzbekiston va boshqa davlatlar oʻrtasida savdo hajmini koʻpaytirish imkonini beradi.

IFCning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy menedjeri Kassandra Kolbert taʼkidlashicha, xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiy barqarorlikni tiklash va ish oʻrinlarini saqlab qolish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. “Ipoteka-bank” ATIBga savdoni moliyalashtirish liniyasining taqdim etilishi unga import qiluvchilar, distribyuterlar va oʻzbek mahsulotlari eksportchilarini qoʻllab-quvvatlash imkonini berib, iqtisodiy oʻsish va rivojlanishning asosiy omili boʻlgan savdo sektorini rivojlantirishga xizmat qiladi.

IFCning umumiy qiymati 5 mlrd. AQSH dollariga teng Savdoni moliyalashtirish boʻyicha global dasturi rivojlanayotgan bozorlarda banklarning savdo majburiyatlari boʻyicha kafolatlar taqdim etish orqali tavakkalchiliklarni kamaytirishga yordam beradi. Dastur 2005-yilda yoʻlga qoʻyilgandan buyon IFC savdo operatsiyalarini moliyalashtirish boʻyicha 63 000 dan ortiq kafolatlar chiqarib, turli sektorlar, jumladan, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi sektori, sogʻliqni saqlash va boshqa koʻplab sohalarni rivojlantirishga koʻmaklashdi. IFCning savdoni rivojlantirish boʻyicha faoliyati doirasida dunyoning 90 dan ziyod davlatlarida qiymati 180 mlrd. AQSH dollaridan ortiq boʻlgan savdo operatsiyalari qoʻllab-quvvatlandi.

IFC tomonidan GTFP dasturi doirasida taqdim etiladigan individual kafolatlar aniq bir tranzaksiyaga bogʻliq boʻlib, akkreditivlar, savdo bilan bogʻliq boʻlgan veksellar, qabul qilingan veksellar, kafolatlar, arizaga ega boʻlgan va ijro etilgan obligatsiyalar hamda avans toʻlovlarining kafolatlari kabi asosiy vositalar bilan mustahkamlanishi mumkin. Kafolatlar xususiy sektordagi IFCning mezonlariga mos keladigan barcha savdo bitimlarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqdim etilishi mumkin.

IFC toʻgʻrisida

Jahon bankining shoʻba tashkiloti boʻlgan va uning Guruhiga kiruvchi IFC rivojlanishga koʻmak koʻrsatuvchi eng yirik global muassasa hisoblanib, bozor shakllanayotgan mamlakatlarda xususiy sektor bilan ishlashga ixtisoslashadi.

IFC 100 dan ortiq davlatlarda faoliyat yuritadi va rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi bozor va imkoniyatlarni yaratish uchun oʻz kapital, ekspert bilimlar salohiyatidan foydalanadi.

2019 moliyaviy yilda IFC rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy kompaniyalar va moliya institutlariga qiymati 19 milliard AQSH dollaridan ortiq boʻlgan investitsiyalar kiritib, oʻta kambagʻallikka barham berish va umumiy farovonlikni jadal oshirish maqsadida xususiy sektorning ulkan salohiyatidan samarali foydalandi. Batafsil maʼlumotlarni olish uchun www.ifc.org veb-saytiga tashrif buyuring.

“Ipoteka-bank” ATIB toʻgʻrisida

“Ipoteka-bank” ATIB ipoteka krediti va uy-joy qurilishini moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish sohalarida boy tajribaga ega moliyaviy institut hisoblanadi. Bundan tashqari, “Ipoteka-bank” ATIB 39 ta filialdan iborat boʻlgan yaxshi rivojlangan tarmoq orqali keng turdagi barcha bank xizmatlarini koʻrsatuvchi yirik va universal bank boʻlib, uning geografiyasi butun Oʻzbekistonni qamrab olgan. Batafsil maʼlumotlarni quyidagi havolalardan olishingiz mumkin:

www.ipotekabank.uz

www.instagram.com/ipotekabank.uz

www.facebook.com/ipotekabankofficial

https://t.me/ipotekabankofficial

IFC haqida

www.facebook.com/IFCwbg

www.twitter.com/IFC_org

www.youtube.com/IFCvideocasts

www.ifc.org/SocialMediaIndex

www.instagram.com\ifc_org


12 647
OʻzА