O‘zA O`zbek

18.07.2020 Chop etish versiyasi

Ichimlik suvi tariflarini tasdiqlash viloyat xalq deputatlari Kengashlari vakolatiga oʻtkaziladi

Ichimlik suvi tariflarini tasdiqlash viloyat xalq deputatlari Kengashlari vakolatiga oʻtkaziladi

Bu haqda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari Sohib Saifnazarovning aytishicha, xorijiy kreditlar boʻyicha suv taʼminoti korxonalari uchun oxirgi ikki yilda byudjetdan 117 milliard soʻm toʻlab berildi.

Shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish sxemasi 2010-yilgacha boʻlgan muddatga ishlab chiqilgan va yangilanmagan. Joylardagi 17,5 mingta yirik suv inshootining 7 foizida (1 ming 295 ta) suv oʻlchagich oʻrnatilgan, xolos.

Yil yakuniga qadar jami 2,5 million isteʼmolchi tarmoqqa ulanadi va billing bazasiga kiritiladi, natijada yiliga 140 milliard soʻm qoʻshimcha tushum taʼminlanadi. Kelgusi yildan boshlab barcha loyihalarda ichimlik suvi xonadonlargacha yetkaziladi.

Loyihalarni tanlash, amalga oshirish va natijadorligini taʼminlash, monitoring va nazorat qilish boʻyicha yangi tizim yaratiladi. Endi soha bilan birga viloyat, tuman (shahar) hokimlari ham birdek masʼul hisoblanadi va ular hududiy suv taʼminoti korxonalari kuzatuv kengashlariga rahbarlik qiladi.

Ichimlik suvi tariflarini tasdiqlash esa viloyat xalq deputatlari Kengashlari vakolatiga oʻtkaziladi.

12 003
OʻzA