Mamlakatimizda suv ta’minoti va markaziy kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, energiya va resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda.

Mamlakatimizda suv ta’minoti va markaziy kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, energiya va resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi “Toshkent shahrining ichimlik suv ta’minoti va suv oqova tizimiga zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq poytaxtimizda muayyan ishlar amalga oshirilayotir.

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi bosh muhandisi M.Abbosxonovning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtimizga har kuni markazlashtirilgan suv ta’minoti tarmoqlari orqali ikki million kub metrdan ziyod suv yetkazib beriladi. Ushbu tarmoqlarning umumiy uzunligi 3,6 ming kilometrdan oshadi. Bu Toshkent shahri aholisini markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrab olish va uzluksiz toza ichimlik suvi yetkazib berishga ko‘maklashmoqda.

Shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan 169 ko‘tarma nasos stansiyasi suv ta’minoti tizimining samarali ishlashiga yordam beradi. Shu bois “Suvsoz” davlat unitar korxonasi mutaxassislari ularning texnik holatini muntazam kuzatib, ishlashini takomillashtirib boradi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qaroriga binoan korxona zamonaviy energiya tejaydigan qariyb 240 nasos sotib olish uchun shartnoma tuzgan. Ushbu nasoslarning ayni paytda 135 tasidan samarali foydalanilmoqda. Bu, o‘z navbatida, poytaxtimizda suv ta’minotini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berayotir.

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent shahar suv ta’minoti tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan qiymati 10 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Uchta yirik suv quyiladigan inshoot rekonstruksiya qilinib, eskirgan uskunalar zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar bilan almashtirildi. “Qodiriya” suv o‘tkazish inshooti, Qibray suv chiqarish inshooti va Bo‘zsuv bosh suv inshootida yangi nasoslar o‘rnatildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davrida sanoat va maishiy oqova suvni sifatli tozalash ham “Suvsoz” davlat unitar korxonasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 16-dekabrda qabul qilingan Islom taraqqiyot banki ishtirokida Toshkent shahri kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir.

Ushbu qarorga muvofiq, ayni paytda uchta kanalizatsiya tozalash inshooti rekonstruksiya qilinib, eskirgan uskunalar almashtirilmoqda, Qoraqamish kollektori qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda. Ularning ishga tushirilishi Toshkent shahrida ekologik ahvolni sezilarli ravishda yaxshilash, markaziy kanalizatsiya tizimiga ulanishlar sonini ko‘paytirishga yordam beradi.

Toshkent shahrida suv ta’minoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish aholi hayot darajasini yanada yaxshilash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish, ixcham va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiya hamda uskunalarni joriy etish, suv va energiya resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda