Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, bank-moliya, savdo-sanoat, sarmoya, bojxona, transport va transport kommunikatsiyalari, aviatashuv, elektrotexnika, mashinasozlik, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, komissiya hamraisi Rustam Azimov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar bunda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida erkin savdoga oid bitim asosida izchil rivojlanmoqda. MDH doirasida imzolangan Erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnoma ham bu yo‘nalishdagi hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilmoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi o‘sib borayotir. 2014-yil yakunlari bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 160 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Tadbirda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yangi marralarga olib chiqish uchun ikki tomon ham ulkan imkoniyatlarga ega ekani qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va turini kengaytirish, yuklarni tashish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma korxonalarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatlarimizda o‘tkaziladigan sanoat ko‘rgazmalarida O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmonlari ishtirokini yanada kengaytirish va faollashtirish zarurligi qayd etildi.

– O‘zbekiston Tojikistonning eng muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan, – dedi Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, komissiya hamraisi Davlatali Said. – O‘zbekiston – Tojikiston qo‘shma komissiyasi majlislari o‘zaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini kashf etish va biznes borasida tajriba almashishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston bilan, fan va texnika, ta’lim, transport va transport kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz.

Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha tahlil qilindi. Iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari, jumladan, transport va transport kommunikatsiyalari, tranzit, aviatashuv kabi sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumatlararo komissiya majlisi