Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuraturasi hamda Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent garnizoni hududidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilarining oila a’zolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini ish bilan ta’minlashning maqsadli dasturlari izchillik bilan amalga oshirilayotgani iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, aholining hayot darajasi va sifati, turmush farovonligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni aholi bandligini ta’minlash borasida yangicha yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda dasturilamal bo‘layotir.

Farmonda belgilanganidek, joylarda ixtisoslashtirilgan ish o‘rni yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish, aholi va ish beruvchilar uchun mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va hammabopligini oshirish yo‘li bilan ishga joylashtirishga ko‘maklashish dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu borada hududlarda tashkil etilayotgan mehnat yarmarkalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

21.JPG

Yarmarkada poytaxtimizning 11 tumanidagi 200 dan ortiq korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari 3 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari va mehnat qonunchiligidagi imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tijorat banklari xodimlari tomonidan kollej bitiruvchilariga imtiyozli kredit ajratish shartlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shayxontohur tumani bandlikka ko‘maklashish markazi ma’lumotiga ko‘ra tumandagi korxona va tashkilotlarda 1 ming 600 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud. Ish so‘rab murojaat qilayotgan fuqarolar mutaxassisligi bo‘yicha korxona va tashkilotlarga biriktirilib, yo‘llanma berilmoqda. Oila bekalari shahar tibbiyot muassasalari, ta’lim dargohlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga qiziqish bildirayotgani qayd etildi.

– Mazkur yarmarkaga ishga joylashish maqsadida keldim, – deydi Buvanbar Suyarova. – Yarmarkada taklif etilayotgan ish o‘rinlari, mehnat sharoiti bilan yaqindan tanishdim. Mutaxassisligim matematika fani o‘qituvchisi. Mutaxassisligim bo‘yicha Mirobod tumanidagi 147-umumta’lim maktabi yo‘llanma oldim.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi