Poytaxtimizda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki «Aholini tadbirkor qilish» dasturi doirasida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.Nizomov va boshqalar dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining keng qatlami, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari va xotin-qizlarning bank kredit xizmatlaridan samarali foydalanishlarini yanada kengaytirish va yangi ish joylari tashkil etishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Mazkur bank 428 aholi punktida istiqomat qilayotgan 706 ming 700 xonadon egasini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Buning uchun qariyb 900 xodim biriktirilgan bo‘lib, hozir 580 mingta xonadon egasi bilan suhbat o‘tkazildi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan va kredit mablag‘iga ehtiyoji bo‘lgan 17 mingdan ziyod fuqaroga 110,1 milliard so‘m ajratildi. Natijada 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.

– Berilayotgan sarmoyalarning asosiy qismi chorvachilik, issiqxona tashkil etishga yo‘naltirilmoqda, – deydi «Mikrokreditbank»ning jismoniy shaxslarni kreditlash departamenti direktori A.Suyumov. – Hozir viloyatlarda faoliyat yuritayotgan 23 quyonchilik agrofirmasi va 60 dan ziyod parrandachilik xo‘jaligi bilan shartnomalar imzolangan.

Tadbirda imtiyozli mikrokreditlar eng kam ish haqi miqdorining 200 barobarigacha, asosiy qarzni to‘lashga olti oy muddatli imtiyozli davrni hisobga olgan holda, uch yilgacha muddatga berilayotgani ta’kidlandi. Tadbirkor bitta ish o‘rni yaratsa kredit 9 foiz, ikkita ish o‘rni yaratilganda 8 foiz, uchtadan to‘rttagacha ish o‘rniga 7 foiz, beshta va undan ortiq ish joylari yaratilganda 6 foiz miqdorida berilmoqda.

«Mikrokreditbank» tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi loyihasini ishlab chiqqani ham ma’lum qilindi. Bu loyiha hozir Chilonzor tumanida qo‘llanmoqda. Unga ko‘ra tumanda o‘z biznesini boshlayotgan yosh tadbirkorlarga bankning ishonchli hamkori bo‘lgan, tajribali tadbirkorlar kafilligi va ko‘magi e’tiborga olinmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir oila tadbirkor bo‘lsin