Poytaxtimizda “Hamkorbank” hamda Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida imzolangan shartnomalarning istiqboldagi mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

«Hamkorbank» boshqaruvi raisi Olmaxon To‘rajonova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qulay investitsion muhit shakllantirilib, investorlar manfaatlarini himoya qiluvchi imtiyozlar tizimi, jumladan, kafolat va preferensiyalar yaratilganini ta’kidladi. 

Mamlakatimizda keyingi yillarda xorijiy hamkorlar ishtirokida 4,2 mingta korxona tashkil etildi. Bu chet el investorlarining iqtisodiyotimizga qiziqishi va ishonchi oshayotganidan dalolatdir.

«Hamkorbank» Gollandiya Taraqqiyot banki bilan 2010-yildan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, 2012-yilning dekabrida ular o‘rtasida 9 million AQSh dollariga teng kredit shartnomasi imzolangan. 2014-yilda yana 4 million dollar miqdorida kredit ajratildi. Natijada “Hamkorbank” ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirilgan yigirmadan ortiq loyihani moliyalashtirdi.

Gollandiya Taraqqiyot banki ko‘rsatayotgan texnik yordam “Hamkorbank”ning resurs bazasini kengaytirish bilan birga xalqaro tajribani joriy qilishda ham ko‘maklashadi. 

– 2010-yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi “Hamkorbank”ning 15 foizli aksiyasini xarid qildi, – deydi bank departamenti direktori Aziza Ibrohimova. – Bu esa “Hamkorbank”ning xorijiy kapital ishtirokidagi bank maqomiga ega bo‘lishini ta’minladi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hamkorbank” yangi maqomga ega bo‘ldi