O‘zA O`zbek

15.07.2019 Chop etish versiyasi

HAFTA NATIJALARI: onlayn-auksionlarda qancha obyekt sotildi?

HAFTA NATIJALARI: onlayn-auksionlarda qancha obyekt sotildi?


Joriy yilning 8-12-iyul kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 29 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 97 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 44 ta obyekt sotildi.

DAVLAT MULKI OBYEKTLARI

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 29 ta davlat mulki obyekti 10 mlrd. 830 mln. soʻm investitsiya kiritish, 296 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 654 mln. soʻmga sotildi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Jumladan ushbu haftada 43 ta obyekt savdoga chiqarildi 2 ta obyekt realizatsiya qilindi.

YER UCHASTKALARIGA BOʻLGAN HUQUQ

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 97 ta boshlangʻich narxi284,7 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 55 mlrd. 50 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 437 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd. 444,8 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 63 taboshlangʻich narxi 255,6 mln soʻmlik, yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda2363 ta boshlangʻich narxi87 mrld. 894,1 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH BOʻYICHA

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 44 ta obyekt 5 346,5 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 86 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

DARYO OʻZANLARI TOZALASH HUQUQI

Ushbu haftada yagona elektron savdo maydonchasida daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari boʻyicha ham yuqori koʻrsatkichlar qayd etildi. Jumladan hafta davomida jami 3 ta boshlangʻich narxi 1 mrld. 111,3 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari 3 mlrd. 948,6 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 3 ta boshlangʻich narxi 1 mrld. 113,3 mln.soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash huquqi auksion savdolariga chiqarilgan.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 31 taboshlangʻich narxi 12 mlrd. 412 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

METALL QAZIB OLISH HUQUQI

Shu bilan birga, hafta davomida jami 2 ta boshlangʻich narxi 15 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 39,7 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 9 ta boshlangʻich narxi 67,5 mln. soʻmlik, qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 41 ta boshlangʻich narxi 307,5 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish markazi” DUK PR xizmati


4 286
OʻzA