Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.08.2017 20:23 Chop etish versiyasi

Gulbahor mamlakat bosqichiga boradi

Gulbahor mamlakat bosqichiga boradi Nukusda “Ishbilarmon ayol – 2017” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Vatanimiz mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fermerlar kengashi, xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlov ishtirokchilar tayyorlagan loyihalar taqdimoti va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, ko‘rsatayotgan xizmat turlari ko‘rgazmasi bilan boshlandi.

– Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish partiyamiz dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri, – deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi “Ayollar qanoti” bo‘limi boshlig‘i Asem Srimbetova. – Partiyamizning 18 ming 246 a’zosidan 6 ming 765 nafari xotin-qizlardir. Ularning 2 mingdan ziyodi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 300 dan ortiq tadbirkor va fermer ayol ishtirok etdi. 35 nafar tadbirkor va fermer xotin-qiz tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida o‘zaro bahslashdi.

Amudaryo tumanidagi “Go‘zaloy Mahmud qizi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Gulbahor Qurbonbekova tanlov g‘olibi bo‘ldi va mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Nukus shahridagi “Zardil-Dilbar” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Parvoz Yerejepova, uchinchi o‘ringa Xo‘jayli tumanidagi “Qurolboyev Doniyorbek” fermer xo‘jaligi rahbari Sarvinoz Xudoybergenova sazovor bo‘ldi.

“Zamonaviy tadbirkor ayol portreti”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirayotgan fermer ayol”, “Tashabbuskor ayol”, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol” kabi qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 970






Все о погоде - Pogoda.uz