O‘zA O`zbek

28.09.2018 Chop etish versiyasi

GM Uzbekistan qonunga xilof faoliyat yuritayotgan avtosalonlar bilan dilerlik kelishuvini bekor qilmoqda

GM Uzbekistan qonunga xilof faoliyat yuritayotgan avtosalonlar bilan dilerlik kelishuvini bekor qilmoqda

“Oʻzavtosanoat” AJ GM Uzbekistan “Shaxrixon-Avto Ravon” AJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilganini maʼlum qiladi. 

Kelishuvni bekor qilinishiga dilerlik markazi tomonidan tizimli ravishda kelishuv shartlarining buzib kelinishi, GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflikning mavjud emasligi, ish jarayonida korrupsiyaga yoʻl qoʻyishlik, avtomobillarni sunʼiy bronlash, xaridorlar oʻrtasida talab katta boʻlgan avtomobillarni “yopiq garajlarda” saqlanishi, rasmiy narxlarning ochiq maʼlumot tarzida mavjud emasligi, shartnoma tuzish uchun mavjud boʻlgan avtomobillar haqida yolgʻon maʼlumotlar berilishi, faoliyat yuritmaydigan koll-markaz, xodimlarning dilerlik markazlari standartlariga nomunosibligi sabab boʻldi.

Kompaniya ana shunday qonunbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻyayotgan dilerlik markazlarini aniqlash borasida ishlarni davom ettiradi.

“Agar siz dilerlik markazlarida ana shunday qonunga hilof holatlarning guvohi boʻlsangiz yoki sizdan avtomobil uchun qoʻshimcha pul talab qilishsa, darhol 71-141-77-77 raqamlari orqali GM Uzbekistan koll-markaziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 10-07 yagona ishonch raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Barcha qonunga hilof harakatlar alohida nazoratga olingan. 

Sabringiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!” deyiladi “Oʻzavtosanoat” AJning Oʻzbekiston OAVlariga tarqatgan xabarida.

2 988
OʻzA